Beruas muzeyi () – Malayziyaning Perak shtatida joylashgan Manjung tumaniga qarashli Beruas shaharchasidagi muzey. Ushbu muzeyni tashkil qilishdan maqsad barham topgan qadimgi Ganga Negara qirolligi va Beruas bilan bogʻliq tarixiy manbalar va artefaktlarni toʻplash boʻlgan.
Tarixi 1991-yilda Beruas Tarixiy Tadqiqot Loyihasi vakillari tomonidan Beruasda tarixga oid tadqiqot oʻtkazilgan. 1995-yilda muzey binosi Perak shtati hukumatiga topshirilgan va oʻsha yilning iyul oyida ochilgan. Arxitekturasi Muzey binosi 1995-yilga qadar sud binosi vazifasini oʻtagan. Koʻrgazmalar Muzeyda asosan qadimgi Gangga Negara davlati va Beruasga tegishli xazinalari, jumladan, xaritalar va uning oʻtmishi haqidagi manbalar va materiallar namoyish etiladi. Shuningdek, qadimgi qirollikka tegishli 300 ga yaqin artefaktlarni oʻz ichiga oladi. Yana qarang Malayziyadagi muzeylar roʻyxati Perakdagi diqqatga sazovor joylar roʻyxati Manbalar
Turkum:Muzeylar