Anatoliy Anatolyevich Aleksandrov (1934-yil 14-noyabr, Leningrad, SSSR – 1994-yil 15-avgust) – sovet va rus adabiyotshunosi, filologiya fanlari nomzodi. Daniil Charms () va Oberiutlar ishlari boʻyicha mutaxassis. Anatoliy SSSRda 1927-yildan keyin 1965-yilda Charmsning „vzroslix“ asarining birinchi nashriyotchisi.
Hayoti Anatoliy Aleksandrov 1934-yil 14-noyabrda Leningradda tavallud topgan.
Anatolyevich A. I. Gertsen nomidagi Leningrad davlat pedagogika institutining tarix-filologiya fakultetini tamomlagan.
Universitetni tugatgandan soʻng, 1958-yil avgustdan 1960-yil avgustigacha Qirgʻiziston SSRdagi Janiy-Alish oʻrta maktabida oʻqituvchi boʻlib ishlagan. Anatoliy 1960-yil sentyabrdan 1962-yil oktyabrgacha Leningrad temir yoʻl transporti kollejida dars bergan.
Adabiyotshunos 1962-yil oktyabrdan 1965-yil dekabrgacha SSSR Fanlar akademiyasi Rus adabiyoti instituti Sovet sektori aspiranturasida V. A. Kovalyov ilmiy rahbarligida tahsil olgan. 1966-yil yanvardan 1970-yil sentyabrgacha A. S. Pushkinning Butunittifoq muzeyida „Pushkin i sovremennost“ boʻlimi mudiri boʻlib faoliyat yuritgan.
1969-yilda filologiya fanlari nomzodi ilmiy darajasini olish uchun „Russkaya sovetskaya poema 30-x godov“ mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan.
Anatoliy Aleksandrov 1970-yil sentyabrdan 1972-yil sentyabrgacha Oliy partiya maktabida, 1972-yil oktyabrdan 1973-yil oktyabrgacha N. K. Krupskaya nomidagi Leningrad davlat madaniyat institutida dars bergan. 1973-yil dekabr oyida professor M. A. Bonch-Bruyevich nomidagi Leningrad elektrotexnika aloqa institutining rus tili kafedrasida assistent sifatida ish boshlagan, u yerda 1978-yilda dotsent vazifasini bajaruvchi, 1980-yil iyun oyida dotsent va keyinchalik kafedraga rahbarlik qilgan.
Adabiyotshunos olim 1959-yilda asarlarini nashr etishni boshlagan. 1983-yilga kelib, Aleksandrovning 70 dan ortiq asarlari nashr etilgan.
Anatoliy Aleksandrov 1927-yildan keyin SSSRda Daniil Charmsning „vzroslix“ asarlarining birinchi nashriyotchisi hisoblangan. 1965-yilda „Den poezii“ toʻplamida „Dva stixotvoreniya Xarmsa“ maqolasi nashr etilgandan soʻng, Aleksandrovning tadqiqot ishlarining asosiy mavzusi Charms va Oberiutlarning adabiy asari boʻlgan. Charmsning „Detskoy“ va „vzrosloy“ sheʼriy va nasriy kitoblari „Polot v nebesa“ (1988) va „Tigr na ulitse“ (1992) nashriga tayyorlangan.
1960-yillarning oʻrtalarida Charms arxivini saqlagan Yakov Druskin arxivni tahlil qilish uchun Anatoliy Aleksandrov va Mixail Meylaxni jalb qilgan. Charmsning ishini oʻrganish 1967-yilda Aleksandrov va Meylaxning Tartu universitetida oʻtkazilgan XXII talabalar ilmiy konferensiyasida „Tvorchestvo Daniila Xarmsa“ maʼruzasi bilan boshlangan.
Aleksandrov Charms va Oberiutlardan tashqari zamonaviy adabiy jarayon, sovet nasri, 1920–30-yillardagi rus avangard shoirlari bilan shugʻullangan. 1987-yilda „Blok v Peterburge-Petrograde“ kitobini nashr etgan. Rus tili va adabiyoti boʻyicha bir qancha oʻquv qoʻllanmalar yozgan.
Anatoliy Aleksandrov 1994-yil 15-avgustda vafot etgan.
Oilasi
Ota-onasi Otasi Anatoliy Anatolyevich Aleksandrov, sanoat muhandisi. Onasi Nadejda Iosifovna Massalskaya, uy bekasi. Xotini Tatyana Georgiyevna Aleksandrova.
Ijodiy va jamoat tashkilotlarida ishtirok etish
SSSR Yozuvchilar uyushmasining tanqid boʻlimi aʼzosi (1988-yil 22-noyabrdan).
Bibliografiyasi
Muallifi
Aleksandrov A. A. Blok v Peterburge – Petrograde. – L.: Lenizdat, 1987. – 236 s. – (Vidayuщiesya deyateli nauki i kulturi v Peterburge – Petrograde – Leningrade).
Maqolalar muallifi, tuzuvchi, sharhlovchi
Xarms D. Polyot v nebesa: Stixi. Proza. Drami. Pisma / Vstupitelnaya statya, sostavlenie, podgotovka teksta i primechaniya A. A. Aleksandrova; Xudojnik L. Yasenko. – L.: Sovetskiy pisatel, 1988. – 558 s. – (Nasledie). – 50 000 ekz. – ISBN 5-265-00255-3. Vanna Arximeda: Sbornik / Sostavlenie, podgotovka teksta, vstupitelnaya statya, primechaniya A. A. Aleksandrova. – L.: Xudojestvennaya literatura, 1991. – 496 s. – 100 000 ekz. – ISBN 5-280-01832-5. Xarms D. Tigr na ulitse: Stixi, rasskazi, sirkovoe predstavlenie: [Dlya mladshego shkolnogo vozrasta] / Sostavil, podgototovil teksti i rasskazal o D. Xarmse A. Aleksandrov; Xudojnik O. Gorsunov. – SPb.: Litsey, 1992. – 187 s. – 50 000 ekz. – ISBN 5-08-000094-5.
Maqolalari
Aleksandrov A. A., Meylax M. B. Tvorchestvo Daniila Xarmsa // Materiali XXII nauchnoy studencheskoy konferensii: Poetika. Istoriya literaturi. Lingvistika. – Tartu: Tartuskiy universitet, 1967. Aleksandrov A. Materiali D. I. Xarmsa v rukopisnom otdele Pushkinskogo Doma // Yejegodnik rukopisnogo otdela Pushkinskogo Doma na 1978 g.. – L., 1980. Aleksandrov A. A. Chudodey (Lichnost i tvorchestvo Daniila Xarmsa) // Xarms D. I. Polyot v nebesa: Stixi. Proza. Drami. Pisma. – L.: Sovetskiy pisatel, 1988. – S. 7—51. Aleksandrov A. Mesto smerti Daniila Xarmsa – ? // Literaturnaya gazeta. – 21 fevralya 1990 goda. – № 8. Aleksandrov A. Pravdiviy pisatel absurda // Xarms D. I. Proza. – L.—Tallinn, 1990. Aleksandrov A. A. Evrika oberiutov // Vanna Arximeda. – L.: Xudojestvennaya literatura, 1991. Aleksandrov A. Neokonchennie dramaticheskie proizvedeniya Daniila Xarmsa // Teatr. – 1991. – № 11. Aleksandrov A. A. Ob izdaniyax Daniila Xarmsa. Pismo v redaksiyu // Voprosi literaturi. – 1992. – Vip. 1. – S. 349—355. Aleksandrov A. O pervix literaturnix opitax Daniila Xarmsa // Russkaya literatura. – 1992. – № 3. – S. 155—158. Aleksandrov A. A. Materiali o Daniile Xarmse i stixi ego v fonde V. N. Petrova // Yejegodnik Rukopisnogo otdela Pushkinskogo Doma na 1990 god. – SPb.: Akademicheskiy proekt, 1993. Aleksandrov A. A. Materiali D. I. Xarmsa v Rukopisnom otdele Pushkinskogo Doma // Yejegodnik Rukopisnogo otdela Pushkinskogo Doma na 1978 god. – L.: Nauka, 1993.
Manbalar
Havolalar
Turkum:1994-yilda vafot etganlar Turkum:15-avgustda vafot etganlar Turkum:Sankt-Peterburgda tugʻilganlar Turkum:Alifbo boʻyicha shaxsiyatlar Turkum:1934-yilda tugʻilganlar Turkum:14-noyabrda tugʻilganlar