Oziq-ovqat texnologiyasi va muhandisligi xalqaro instituti

Oziq-ovqat texnologiyasi va muhandisligi xalqaro instituti – Fargʻona shahridagi oliy oʻquv yurtlaridan biri. Asosiy vazifalaridan biri oziq-ovqat mahsulotlarini qayta ishlash sohasida kichik hamda oʻrta biznes uchun raqobatbardosh texnologiyalar, jarayonlar va tarmoqlarni rivojlantiradigan mukammal texnologlar, yetuk kadrlar va biznes rahbarlarini tayyorlashdan iborat.

Tarixi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 26-yanvar kundagi PQ-22 sonli qaroriga asosan Ummon sultonligi ishtirokida Fargʻona viloyati Fargʻona shahrida Oziq-ovqat texnologiyasi va muhandisligi xalqaro instituti davlat oliy taʼlim muassasasi ochildi va mustaqil taʼlim muassasasi sifatida faoliyat koʻrsata boshladi. Shavkat Miramonivich Mirziyoyev qarori bilan oziq-ovqat sanoati masalalari boʻyicha izlanish olib boradigan 3 ta taʼlim muassasalar tashkil topgan. Oziq-ovqat texnologiyasi va muhandisligi xalqaro instituti; Institut huzurida Agrobiznes subyektlari salohiyatini oshirish markazi Capacity Building Center; Oziq-ovqat texnologiyasi va muhandisligi xalqaro instituti huzuridagi Qoʻqon oziq-ovqat sanoati va xizmat koʻrsatish texnikumi. Bu institut maydoni 5 gektarni tashkil qiladi hamda eng zamonaviy uslubda taʼmirlangan va 1 ta oʻquv binosi, 1 ta talabalar turar joyini oʻz ichiga oladi.

Xorijiy universitetlar bilan aloqalar

Oziq-ovqat texnologiyasi va muhandisligi xalqaro instituti dunyoning turli universitetlari va taʼlim markazlari bilan uchrashuvlar oʻtkazadi. Bunday uchrashuvlardan koʻzlangan maqsad xorijiy oliy oʻquv yurtlari bilan shartnomalar tuzish, bilim almashish va talabalar almashinuvi boʻyicha kelishuvlarga erishishdan iboratdir.

Osh texnologiya universiteti Qozoq oziq-ovqat sanoati va uni qayta ishlash tadqiqot instituti Qozoq milliy agrar tadqiqot universiteti Shensi fan va texnologiya universiteti Pekin texnologiya instituti Bakalavriat yoʻnalishlari 2024-2025 yillarda Oziq-ovqat texnologiyasi Metrologiya, standartlashtirish va mahsulot menejmenti Iqtisodiyot:Oziq-ovqat va resurslar iqtisodiyoti Aholi va turistlarning ovqatlanishini tashkil etish servisi

Biotexnologiya Biznesni boshqarish Ekologiya va atrof-muhit muhofazasi Iqtisodiyot Logistika Mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi Menejment Metrologiya va standartlashtirish Oʻsimliklar himoyasi va karantini Oziq-ovqat texnologiyasi Qishloq xoʻjalik mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash texnologiyasi Turizm va mehmondoʻstlik

Magistratura yoʻnalishlari

Oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish va qayta ishlash texnologiyasi Kimyo texnologiyasi Biotexnologiya Metrologiya va standartlashtirish Oziq-ovqat texnologiyasi Oziq-ovqat xavfsizligi Qishloq xoʻjalik mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash texnologiyasi Biznesni boshqarish (Master of Business Administration, MBA) Biznesni boshqarish Iqtisodiyot Logistika Menejment Turizm va mehmondoʻstlik

Manbalar

Turkum:Oʻzbekistondagi institutlar Turkum:Fargʻonadagi oliy taʼlim muassasalar