Gulnoza Odilova (toʻliq ismi: Odilova Gulnoza Komiljonovna; Qarshi shahri, Oʻzbekiston SSR) – shoira va tarjimon, filologiya fanlari doktori, professor. Toshkent Kimyo xalqaro universiteti professori, Oʻzbekiston Gastronomik turizmi assotsiatsiyasi raisi va „Shuhrat“ medali sohibasi. Xotin-qizlar uchun „Phd sari qadam“ loyihasi tashabbuskori. Shuningdek, ilk pazandachilik ensiklopediyasi boʻlgan „Lazzatli Oʻzbekiston“ loyihasi koordinatori.
Biografiyasi 1984-yil Qarshi shahrida tugʻilgan. Qarshi shahridagi 3-sonli maktabda tahsil olgan. 2006-yil Qarshi davlat universiteti magistraturasi imtiyozli diplom bilan tamomlagan. Diplom boʻyicha mutaxassisligi – tarjima nazariyasi va amaliyoti. 2011-yil 27 yoshida Qashqadaryo viloyatida eng yosh olima sifatida filologiya fanlari nomzodi boʻlgan. Faoliyati
Gulnoza Odilova 2018–2021-yillarda Wisconsin- Madison universitetining zamonaviy oʻzbek adabiyotida taom diskursi va ikki tillik poetik lugʻat yaratish mavzusida maʼruzalar oʻqigan. 2022-yil 11-noyabr kuni Malta davlat universitetida maʼruza oʻqigan. Gulnoza Odilova tarjimashunozlikka oid bir qator xalqaro ilmiy anjumanlar Angliya Amerika, Portugaliya da ma'ruza qilgan.U, shuningdek, „Oʻzbek va ingliz tillarining elektron poetik lugʻatini yaratish“ loyihasi oʻtkazilishi tashabbusi bilan chiqqan. Gulnoza Odilova taomlar nomlanishi, atamalar masalasida ham kamchiliklar mavjud ekanligini va bu borada ishlar qilinishi kerakligini taʼkidlagan. Tarjimashunos sifatida sifatida Mark Eduard Riz tomonidan ingliz tiliga oʻgirilgan „Oʻtkan kunlar“ romanini eʼtirof etib, avvalgi tarjimalardagi milliylikni ifodalovch vositalar qayta yaratilmaganligini tanqid qilgan.
Gulnoza Odilova 1 ta darslik, 2 ta monografiya, 1 ta oʻquv va 1 ta uslubiy qoʻllanma va 80 dan ortiq ilmiy maqolalarning muallifi.
Ijodi Gulnoza Odilovaning „Mitti shamchiroq“, „Koʻngil kengliklari“ sheʼr va tarjimalardan iborat toʻplamlari nashr etilgan. Tarjimon sifatida Alisher Navoiy hikmatlari tarjimalaridan iborat "Pearls of the East" kitobi muallifi va tarjimonidir.https://marifat.uz/ru/show-post/sharq-durdonalari-pearls-of-the-east-413
Manbalar
Turkum:1984-yilda tugʻilganlar Turkum:Qarshida tugʻilganlar Turkum:Shuhrat medali sohiblari