„Istiqlol jallodlari“ (asl nomi: 1917-yil xotira parchalari) — Mustafo Choʻqay tomonidan yozilgan xotiralar toʻplami. Xotiralar toʻplami „Yosh Turkiston“ gazetasining 13-sonida nashr etilgan. Asarga kirish qismini uni nashrga tayyorlagan Begali Qosimov yozib bergan.

Tarixi Asar 1917-yilga oid xotiralarga asoslanib yozilgan. Asarda 1917-yil yuz bergan siyosiy jarayonlar, shuningdek, Mustafo Choʻqayning Rossiya davlat dumasining musulmon fraksioni qoshidagi Turkiston vakili boʻlib faoliyat yuritgan davri voqealari yoritilgan.

Asar Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligidan keyin ilk bor 1992-yilda nashr etilgan. Ilk nashridan 30 yil oʻtib, 2022-yilda „Tirilish“ nashriyoti yana qayta nashrga tayyorlangan.

Manbalar

Turkum:Oʻzbek tilidagi kitoblar Turkum:Xotira kitoblari Turkum:Avtobiografiya kitoblar