Islom Azad universiteti, Garmsar filiali Erondagi Islom Azad universitetlarining filiali hisoblanadi. U Tehrondan 82 kilometr janubi-sharqdagi Garmsar shahrida joylashgan.
Tarixi Bu universitet oʻz faoliyatini 1988-yilda ikki yoʻnalish (veterinariya va arab adabiyoti) bilan boshlagan. Oʻshanda u Garmsar universiteti koʻchasida joylashgan edi. Hozirda muassasada 204 nafar professor-oʻqituvchilari va 85 ta turli mutaxassislik boʻyicha BS va MS va DVM yoʻnalishlarida jami 13 000 ga yaqin talabalar tahsil oladi.
Yana qarang Eronda oliy maʼlumot Eron universitetlari roʻyxati Garmsar Manbalar
Havolalar Islom Azad Universiteti – Garmsar filiali rasmiy veb-sayti
Turkum:Islom Azad universitetining filiallari Turkum:Semnan viloyatida ta'lim