Amr ibn Hurays ibn Amr ibn Usmon al-Maxzumiy () (705-yilda vafot etgan) – Quraysh qabilasining Kufadagi koʻzga koʻringan aʼzolaridan biri, Iroqdagi Damashq xalifaligi hokimlari Ziyod ibn Abihiy (670—673), Ubaydulloh ibn Ziyod (675—683) va Bishr ibn Marvon (692—694) qoʻl ostidagi shahar hokimi oʻrinbosari.

Hayoti Amr ibn Huraysning otasi Hurays ibn Amr ibn Usmon ibn Abdulloh ibn Umar ibn Maxzum Makkaning Quraysh qabilasi Banu Maxzum urugʻiga mansub boʻlganElad 2008, p. 171.. U Iroqning Kufa shahridagi arab garnizoni va maʼmuriy markazidagi eng boy shaxsga aylanganShaban 1971, p. 60, note 1.. 670-yilda xalifa Muoviya I tomonidan Kufa hokimligi Ziyod ibn Abihiyning hokimligiga qoʻshilganida va Ziyod ibn Abihiy butun Iroqning hokimi etib tayinlanganida, Amr ibn Hurays Kufa hokimi oʻrinbosari sifatida xizmat qilganElad 2008, p. 172.Hawting 1989, p. 37, note 183.. 673-yilda Ziyod ibn Abihiy vafot etganidan keyin uning oʻgʻli va oxirgi vorisi Ubaydulloh 675-yilda hokimiyatni egallagunga qadar Amr ibn Hurays oʻrinbosarlik lavozimini davom ettirgan. Ibn Ziyod uni oʻzining shurtasiga (xavfsizlik kuchlariga) boshliq qilib tayinlagan. Xalifa Yazid I vafotidan keyin Ibn Ziyod Basradan quvilgach (), Amr ibn Hurays ham kufoniylar tomonidan lavozimidan ketkazilib, uning oʻrniga Amir ibn Mas’ud al-Jumahiyni tayinlanganp. 92.. Umaviylarning Iroqdagi hokimi Bishr ibn Marvon Amr ibn Huraysni 692–694-yillarda Kufada oʻzining noibi etib tayinlaganRowson 1985, p. 5, note 25.. Ahmad ibn Hanbal Kufada Arafa kuni nishonlanadigan marosim aynan Amr ibn Hurays tomonidan oʻtkazilgan deya maʼlumot bergan, biroq ushbu marosim aslida Mus’ab ibn Zubayr tomonidan amalga oshirilgan.

Vafoti Amr ibn Hurays 705-yilda vafot etgan.

Manbalar

Adabiyotlar

Turkum:Banu Maxzum Turkum:705-yilda vafot etganlar Turkum:Kufadagi Umaviylar hokimlari