Huxi masjidi () – Xitoyning Shanxay shahri Putuo tumanidagi masjid.
Tarixi Masjid dastlab 1914–1921-yillarda Xikang yoʻlida qurilgan va 1922-yilda Yaoshuinong masjidi nomi bilan qurib bitkazilgan. 1935-yilda masjid taʼmirlandi va 200 namozxonni sigʻdira oladigan qilib kengaytirildi. Masjid faoliyatini 1979-yilda tiklagan. 1994-yil aprel oyida masjid Changde yoʻliga koʻchirildi.
Arxitekturasi thumb| Huxi masjidi namozxonasi Masjid 1667 m2 maydonni egallaydi. Masjid ikki qavatli namoz zalidan iborat. Qoʻsh arkli va yelpigʻichsimon tom bilan qurilgan. Unda oʻquv xonasi, imom xonasi, mehmonxona va hammom ham mavjud. Bundan tashqari, qassob doʻkoni va savdo joyi mavjud. Masjid balandligi 25 metrli bitta minora va 6 gumbazdan iborat.
Transporti Masjidga Shanxay metrosining Changshou yoʻl stantsiyasidan shimoli-gʻarb tomon piyoda borish mumkin.
Manbalar
Turkum:Shanxaydagi masjidlar Turkum:Koordinatalar Vikimaʼlumotlarda Turkum:1994-yilda qurib bitkazilgan masjidlar