Al-Qoim chegara punkti () Suriya va Iroq oʻrtasidagi Yaqin Sharqda joylashgan asosiy taʼminot yoʻllaridan biri hisoblanadi. U Suriyaning Dayr-az-Zor muhofazotidagi Abu Kamol shahrini Iroqning Al-Anbar muhofazotidagi Al-Qoim tumanida joylashgan Husayba shahri bilan bogʻlaydi. Chegara punkti Suriya poytaxti Damashqdan 450 km, Iroq poytaxti Bagʻdoddan 340 km uzoqlikda joylashgan.
2019-yil 30-sentabrda Iroq Suriya fuqarolar urushi va Iroqdagi fuqarolar urushi tufayli sakkiz yillik tanaffusdan soʻng chegara punktini qayta ochdi.
Manbalar
Turkum:Dayr-az-Zor muhofazoti Turkum:Iroq — Suriya chegara punktlari