Zi Qor muhofazasi (, ) Iroqning janubida, Arabiston yarim orolida joylashgan muhofaza. Maʼmuriy markazi — Nosiriya shahri. 1976-yilgacha muhofaza Muntafiq muhofazasi deb nomlangan. Zi Qor Shumerning qadimgi Iroqdagi sivilizatsiyasi markazi boʻlib, Ur, Eridu, Lagash, Larsa, Girsu, Umma va Bad-tibira xarobalari shu yerda joylashgan. muhofazaning janubiy hududida Mesopotamiya botqoqlari mavjud.
Boshqaruv Gubernator: Ahmed Gʻeni al-Xafagiy Gubernator oʻrinbosari: Ahmed al-Sheik Taha Viloyat kengashi raisi: Ihsan al-Taei
Zamonaviy Zi Qor muhofazada Ar-Rifai, Qalat Sukkar, Al-Shatra, Al-Gʻarraf, Suq al-Shuyouk, Xamisiya va Al-Chibayish kabi shaharlar mavjud.
1990-yillarning oʻrtalarida gubernator boʻlgan Tohir Jalil Habbush at-Tikritiy keyinchalik mamlakat politsiyasi boshligʻi, 1999-yilda esa Iroq razvedka xizmati direktori boʻlganexcerpt from Suskind's book, on Suskind's webpage .
Demografiya Aholisi soni taxminan 2,000,000 atrofida boʻlib, asosan Shia arablaridan iborat. Janubiy botqoqliklarda azaldan [marsh arablar]] yashaydi.
2007-yil holatiga koʻra, hudud juda qashshoq boʻlib, ishsizlik darajasi 31% va qashshoqlik darajasi 32%ni tashkil qilgan.
Tumanlar
Al-Chibayish Ar-Rifai Ash-Shatra Nosiriya Suq al-Shuyux
Yana qarang Al-Habboubi maydoni Ayad Radhi Sivilizatsiya beshigi
Manbalar
Havolalar Iraq Inter-Agency Information & Analysis Unit Reports, Maps and Assessments of Iraq's Governorates from the UN Inter-Agency Information & Analysis Unit
Turkum:Zi Qor muhofazasi Turkum:Iroq muhofazalari Turkum:Iroqda 1976-yil asos solinganlar Turkum:1976-yilda asos solingan davlatlar va hududlar