Muhammadali Oʻrinboyev (; 24-aprel 2005-yil, Toshkent) – Oʻzbekistonlik futbolchi, qanot yarim himoyachisi va qanot hujumchisi pozitsiyalarida oʻynaydi. Belgiyaning „Royal Antwerp“ jamoasi futbolchsi.
Futbolchilik faoliyati Muhammadali „Paxtakor“ jamoasi akademiyasi tarbiyalanuvchisi. 2021-yil asosiy jamoaga jalb etilgan va 25-oktyabr Jizzaxning „Soʻgʻdiyona“ jamoasiga qarshi debyut oʻyinini oʻtkaqazgan. Debyut qilgan oʻyinida 16 yosh 183 kunlik edi va mavsumda Superligada maydongga tushgan eng futbolchisga aylandi. Debyut mavsumining oxirida futbolchi va klub chempionlikni qoʻlga kiritgan. 2022-yilning iyul oyida futbolchi Toshkent klubining asosiy jamoasiga oʻtdi. Futbolchi klub safidagi debyut golini 2022-yil 23-avgust kuni Oʻzbekiston Kubogi doirasidagi „Shoʻrtan“ klubiga qarshi oʻyinda urgan edi. 2023-yilning sentyabr oyida futbolchi klub bilan OChL oʻyinlariga bordi. Futbolchi turnirdagi ilk uchrashuvini 2023-yil 24-oktabr kuni Turkmanistonning „Ahal“ jamoasiga qarshi oʻtkazdi. Mavsum yakunida futbolchi Oʻzbekiston Superligasining uch karra chempioni ham boʻldi.
Muhammadali 2024-yil 31-yanvarkuni „Paxtakor“ jamoasi tominidan Angliyaning „Brentford“ jamoasiga yarim mavsumga ijaraga berilgani maʼlum qilindi. Bu transfer orqalik Oʻzbekistonlik futbolchilar ichida birinchi bor, Oʻzbekistondan toʻgʻridan toʻgri Angliya jamoasiga oʻtish boʻldi.
Terma jamoadagi faoliyati 2022-yilning noyabr oyida futbolchi Oʻzbekiston U18 terma jamoasiga chaqiruv olgandi. Futbolchi terma jamoadagi debyutini 2022-yilning 26-noyabr kuni Turkiya terma jamoasiga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida maydonga sardorlik bogʻichini olib tushgan edi. Futbolchi terma jamoadagi debyut golini 2023-yil 8-sentabr kuni Rossiya yoshlar terma jamoasiga qarshi oʻyinda kiritgan edi.
Yutuqlar
Oʻzbekiston Superligasi chempioni: 2021, 2022, 2023 Oʻzbekiston Superkubogi sohibi: 2022
Shaxsiy hayot
Muhammadalining akasi ham futbolchi boʻlib, Metallurg va Oʻzbekiston milliy terma jamoasining hujumchisi Zabihillo Oʻrinboyevdir.
Manbalar
Havolalar
Muhammadali Oʻrinboyev OʻzPFL saytida Muhammadali Oʻrinboyev Transfermarkt saytida
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Toshkentlik futbolchilar Turkum:Oʻzbekistonlik erkak futbolchilari Turkum:Futboldagi erkak qanot yarim himoyachilari Turkum:Futboldagi erkak hujumchilar Turkum:Paxtakor jamoasi futbolchilari Turkum:Brentford F.C. futbolchilari Turkum:Royal Antwerp F.C. futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston Superligasi futbolchilari Turkum:Oʻzbekistonlik muhojir erkak futbolchilari Turkum:Angliyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Belgiyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:2026-yilgi Osiyo oʻyinlaridagi futbolchilar Turkum:Oʻzbekistonning Osiyo oʻyinlaridagi sportchilari Turkum:Oʻzbekistonning Osiyo oʻyinlaridagi futbolchilari