Xurshid Alijon oʻgʻli Muxtorov (; 13-sentyabr 1994-yil, Guliston, Oʻzbekiston) – Oʻzbekistonlik futbolchi, Turkistonning „Turan“ jamoasida himoyachi pozitsiyasida oʻynaydi.
Futbolchilik faoliyati Xurshid futbolchilik faoliyatini Sirdaryo futbol maktabida boshlagan. 2012-yilgi mavsumda ilk professional faoliyatini Sirdaryoning „Guliston“ klubi tarkibida boshlagan. Xurshid oʻzining baland boʻyi va himoyada tezkor harakat qilishi sababli Vadim Abramov eʼtiboriga tushgan va 2014-yilda Toshkentning „Lokomotiv“ bilan shartnoma imzolgan va mavsumni temiryoʻlchilar jamoasida boshlagan. Tarkibdagi raqobat sabali asosan yoshlar jamoasi tarkibidagi oʻyinlarida ishtiroj etgan. 2015-yilgi mavsumda „Qoʻqon 1912“ jamoasi tarkibiga oʻtgan. Qoʻqon jamoasi tarkibida yarim mavsum davomida asosiy tarkibdan oʻrin ololmagan va mavsum ikkinchi yarmida Jizzaxning „Soʻgʻdiyona“ tarkibida oʻtkazgan. Mavsum qolgan qismida jizzaxliklar tarkibida 9 ta oʻyinda ishtirok etgan.
2016-yilgi mavsum oldidan „Lokomotiv“ jamoasi tarkibiga qaytdi. Toshkent ikkinchi tashrifi vaqtida tarkibdagi raqobat sabab asosiy jamoa tarkibidan oʻrin olmadi va yarim mvasum davomida 1 ta oʻyinda ishtirok etgan. Mavsum ikkinchi yarmida temiryoʻlchilar bilan shartnomani bekor qilghan va Olmaliqning „OKMK“ jamoasi tarkibiga oʻtgan. Olmaliqlik tarkibida 2 yilga yaqin vaqt davomida oʻynadi va 50 yaqib oʻyinda 1 ta gol muallifi boʻlgan.
2018-yilgi mavsum yozgi transfer oynasida „OKMK“ tarkibidan Qarshining „Nasaf“ jamoasi tarkibiga oʻtgan. Qarshi klubi tarkibi bir yarim mavsum davomida oʻynadi va 40 ga yaqin oʻyinda 1 ta gol muallifiga aylandi. 2020-yilgi mavsum oldidan Namanganning „Navbahor“ jamoasi bilan shartnoma imzolagan. 2021-yilgi mavsumda ikkinchi bor „Lokomotiv“ jamoasiga qaytdi va ikki mavsum davomida oʻynadi. Xurshid bu safar jamoaning asosiy tarkib aʼzolaridan biriga aylandi va ikki yil davomida 40 dan oshiq oʻyin oʻtkazda, 2 ta gol muallifiga aylandi.
2023-yilgi mavsum oldidan „Lokomotiv“ jamoasini tark etdi va Yaypanning „Turon“ klubi tarkibiga oʻtdi. Yaypan jamoasi tarkibida faoliyatidagi eng sermahsul mavsumini oʻtkazdi. Himoyachi boʻlishiga qaramay mavsum davomida 25 ta oʻyinda ishtirok etdi hamda 5 ta gol va 1 ta gol hammualliflik qildi. Mavsum yakunida „Turon“ jamoasi bilan shartnomasi yakuniga yetganidan soʻng, yangi mavsum oldidan „Neftchi“ jamosi ygʻginlarida ishtirok etga. 2024-yil yanvar oyida Fargʻonaning „Neftchi“ klubi bilan shartnoma imzolagan.
2025-yilgi mavsum oldidan „Neftchi“ jamoasini tark etgan va Qozogʻistonning „Turon Turkiston“ jamoasi bilan shartnoma imzolagan.
Yutuqlar
Oʻzbekiston Kubogi sohibi: 2014 Oʻzbekiston Superligasi ikkinchi oʻrin: 2014 Oʻzbekiston Superkubogi ikkinchi oʻrin: 2014
Manbalar
Havolalar
Xurshid Muxtorov OʻzPFL saytida
Xurshid Muxtorov Transfermarkt saytida
Turkum:13-sentyabrda tugʻilganlar Turkum:1994-yilda tugʻilganlar Turkum:Gulistonda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Sirdaryo viloyati kishilari Turkum:Alifbo boʻyicha sportchilar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Oʻzbekistonlik erkak futbolchilari Turkum:Erkak futbol himoyachilari Turkum:Guliston klubi futbolchilari Turkum:Lokomotiv Toshkent futbol klubi futbolchilari Turkum:Qoʻqon 1912 klubi futbolchilari Turkum:Soʻgʻdiyona Jizzax futbolchilari Turkum:AGMK futbolchilari Turkum:Nasaf klubi futbolchilari Turkum:Navbahor futbolchilari Turkum:Neftchi (Fargʻona) futbolchilari Turkum:Turon klubi futbolchilari Turkum:FC Turan futbolchilari Turkum:Persik Kediri futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston Superligasi futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston Pro ligasi futbolchilari Turkum:Oʻzbekistonlik muhojir erkak futbolchilari Turkum:Qozogʻistondagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Qozogʻistondagi oʻzbekistonlik muhojir sportchilar Turkum:Indoneziyadagi muhojir erkak futbolchilar