thumb|Mahzanida mavlud
Bahzani (, ), suryoniychadan olingan boʻlib, „xazina uyi“ degan maʼnoni anglatadi. Iroq shimolidagi Nineva muhofazotining Al-Hamdaniya tumanida joylashgan shaharcha.
Aholisi
Bahzani shahri oʻzining yoʻldosh qishlogʻi Bashiqa bilan birgalikda tarixan turli etnik guruhlarga mezbonlik qilgan. Hududda gugungi kunda yashovchi aholining aksariyati arab tilini ona tili sifatida biladigan yazidiylardir. Shuningdek, ossuriylar, shialar, sunniylar va shabaklar ham istiqomat qiladi.
Tarixi
Bahzani Iroqning rasmiy hududi hisoblanadi. Biroq, 2003-yilda Saddam Husayn hokimiyatdan ag‘darilganidan beri Kurdiston mintaqasi hudud uchun da’vo qilib kelmoqda. Iroq konstitutsiyasining 140-moddasiga koʻra, referendum orqali hudud Iroq yoki kurd hukumati tomonidan boshqarilishi masalasi hal qilinishi kerak. Boshqarish masalasi hali toʻliq hal qilinmagan. Human Rights Watch, UNHCR va boshqa inson huquqlari tashkilotlariga koʻra, agar shahar Kurdiston mintaqasiga qoʻshilishga qarshi ovoz berilsa, shahar aholisi zoʻravonlik tahdidi ostida qoladi.
2014-yil avgust oyida IShID shaharga bostirib kirishi ortidan shahar aholisi Iroq Kurdistoniga qochib ketgan. 2016-yil oxirida hudud Bashiqa bilan birga ozod qilingan. Oʻshandan keyin koʻchirilgan koʻplab aholi qaytib kelib, Yazidiy ibodatxonalari va cherkovini qayta qurishgan.
Yazidiylarning muqaddas joylari
Bahzanida koʻplab yazidiy ziyoratgohlari mavjud. Jumladan: Ebû Rîsh ziyoratgohi; Shayx Bako ziyoratgohi. Ziyoratgohda anjirli buloq mavjud. Bu yerga ziyoratchilar isitmadan davolanish uchun tashrif buyurishadi. Ziyoratchilar kiyimlaridan kichik parchalarni daraxtga bogʻlaydilar va bahorda baliqlarni oziqlantiradilar. Sitt Hebîbe ziyoratgohi, shuningdek, Marta Hebîbta („Sevimli xonim“; Shayx Muhammadning rafiqasi) nomi bilan ham mashhur. Ushbu ziyoratgoh Bashiqaga yaqin hududda joylashgan. Mesʼûd ziyoratgohi Dayka Jakan ziyoratgohi
Yana qarang Iroqdagi ossuriylar Iroqda yazidizm Bashiqa Nineva tekisliklari
Manbalar
Turkum:Nineva muhofazoti aholi manzilgohlari Turkum:Iroqdagi ossuriy hamjamiyati Turkum:Iroqdagi yazidiylarning aholi manzilgohlari Turkum:Nineva tekisliklari