Abu Xayl () – Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahri Deira tumanida joylashgan mahalla. Abu Xayl, asosan, turar-joy hududi boʻlib, sharqda al-Vaheda, janubda Hor al-Anz va gʻarbda esa al-Baraha aholi punktlari bilan chegaradosh.

Abu Xayl mahallasida Abu Xayl savdo markazi va Dubay mehnat idorasi joylashgan.

BAAning Dubay shahri Dubay metropoliteni yashil chizigʻida Abu Xayl metro bekati mavjud.

Tarixi 1830-yilda Britaniyaning Trusial qirgʻogʻida oʻtkazilgan soʻrovlar davomida Abu Xayl mahallasi esga olingan: „Abu Xayl – Sharja amirligining janubi-gʻarbiy qismida, Xon qishlogʻi bilan bir daryoning narigi qirgʻogʻida, taxminan uch milya masofada joylashgan kichik qishloq. Ular birgalikda ikki yuz ellikka yaqin, asosan, baliqchilardan iborat aholi vakillarini oʻz ichiga oladi“. Kapitan Robert Taylor boshchiligidagi bundan bir oz avvalroq oʻtkazilgan soʻrovda qishloq „Matarish qabilasidan boʻlgan Shayx Ali Muhammad qoʻl ostida“ ekanligi aytilgan.

Manbalar

Turkum:Koordinatalar Vikimaʼlumotlarda