Obid ketmon – Abdulla Qodiriy tomonidan yozilgan qissa. Qissa XX asrning 20- va 30-yillarda amalga oshirilgan kollektivlashtirish bilan bogʻliq jarayonlarni ochib bergani bilan qimmatli. Qodiriy bu asarni 1932–1934-yillar mobaynida yozib tugatgan.

Tarixi 1934-yilda yozilgan asar, Qodiriyning boshqa mashhur asarlari, jumladan, „Oʻtgan kunlar“ va „Mehrobdan chayon“ darajasida oʻrganilmagan va eʼtiborda boʻlmagan.

Abdulla Qodiriy oʻz davrining tanqidchilari nazdida „mayda burjuaziya yozuvchisi“ sifatida taʼriflangan. Masalan, Sotti Husayn „Sharq haqiqati“ gazetasining 1929-yil 123-sonida Qodiriy haqida quyidagi fikrlarni yozadi:

Asar 2017-yil „Info Capital Group“ tomonidan 1935-yilgi versiyasi boʻyicha qayta nashr etilgan.

Mavzusi Baʼzi tahlilchilar „Obid ketmon“da sodir boʻladigan voqealar rivoji Abdulla Qodiriyning kolxozlashtirish davrida oʻrtahol dehqon Obid ketmon tutgan oʻziga xos yoʻl orqali XX asrning 20-yillarida yakka dehqon xoʻjaligining tinch yoʻl bilan sotsializmga oʻsib borishi mumkinligi borasidagi qarashlarga xayrixoh boʻlganini isboti sifatida koʻrsatishga urinadi.

Manbalar

Turkum:Oʻzbek tilidagi kitoblar Turkum:Abdulla Qodiriy asarlari