Al-Shirqat — Iroqning Saladin muhofazotidagi shahar. Dajlaning gʻarbiy qismida, Bagʻdoddan 294 kilometr (183 milya) shimoli-gʻarbda joylashgan. Shahar Al-Shirqat tumanining asosiy shahri boʻlib, qadimiy Ossuriyaning Ashshur xarobalari yaqinida joylashgan.

Tarixi

1918-yilda shaharda ingliz va Usmonli qoʻshinlari oʻrtasida Sharqat jangi boʻlib oʻtgan.

Iroq va Shom islomiy davlati 2014-yil iyun oyidagi hujumi chog‘ida shaharni nazoratga olgan. 2016-yil iyun oyida Iroq kuchlari shahar tomon harakatlana boshlaganIraqi forces move toward al-Shirqat town, southern Mosul, Kurdistan24.net, 18 June 2016. Islomiy davlatning yuqori martabali harbiy qo‘mondoni Abu Umar ash-Shishoniy 2016-yil iyulida ash-Shirqatdagi janglarda halok bo‘lgani xabar qilingan. 2016-yil 22-sentabr kuni Iroq xavfsizlik kuchlari shaharni IShIDdan qaytarib oldi. Islomiy davlatning shaharchani bosib olishi sababli 160 mingdan ortiq odam Sharqatdan koʻchirilganAndrew Pestano, Iraq fully captures Sharqat District from Islamic State as Mosul Battle Loomes, 23 September 2016..

Iqlimi

Al-Shirqat iqlimi issiq va yarim quruq. Yomgʻir asosam qishda yogʻadi. Al-Shirqatda oʻrtacha yillik harorat 21,3 °C (70,3 °F). Har yili taxminan 266 mm (10,47 dyuym) yogʻingarchilik tushadi.

Manbalar

Turkum:Saladin muhofazoti aholi manzilgohlari