Karim Antuan Habib (1970-yilda tugʻilgan) — kanadalik avtomobil dizayneri. Hozirda u Koreya avtomobil ishlab chiqaruvchisi Kia kompaniyasining Kia global dizayn boʻlimi ijrochi vitse-prezidenti va rahbari hisoblanadi. Bundan avval BMW va Infiniti kompaniyalarida ishlagan. Arab, ingliz, fransuz, nemis va italyan tillarini yaxshi biladi.

Karyera

Livanda tugʻilgan Habib fuqarolik urushi tufayli mamlakatni tark etishga majbur boʻladi va oʻsmirlik yillarida Kanadaga koʻchib oʻtadi. U yerda MakGill universitetida, shuningdek San'at markazi dizayn kollejida transport dizayni yoʻnalishida ta'lim oladi.

1998-yilda BMW kompaniyasiga ishga qabul qilindi. U BMW-da E60 5 seriyasining ichki interyerini loyihalashda qatnashadi. Keyinchalik BMW 7 Series F01 ning tashqi koʻrinishini loyihalashtiradi. 2009-yilda Mercedes-Benz kompaniyasiga oʻtib, u yerda ikki yil ishlaydi. 2011-yildan 2017-yil yanvarigacha BMW eksteryer dizayneri sifatida ishlagan.

2017-yil iyul oyidan 2019-yil avgustigacha Infiniti kompaniyasida ishlaydi. Uning oʻrniga Taisuke Nakamura tayinlangan.

2019-yil sentabr oyida Xabib Kia kompaniyasiga katta vitse-prezident va Kia Dizayn markazi rahbari sifatida ishga qabul qilingan.

Dizaynerlik ishlari

Mercedes-Benz F800 BMW CS kontseptsiyasi BMW 7 seriyali (F01) BMW 7 seriyali (G11) BMW X6 BMW X3 BMW 5 seriyali (E60) (ichki) Infiniti Q Inspiration kontseptsiyasi Kia Sorento (MQ4) Kia Optima/K5 (DL3) Kia Karnavali (KA4) Kia EV6 Kia Sonet (QY) Kia Carens (KY) Kia K8 (GL3)

Manbalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1970-yilda tugʻilganlar