Ijor muzeyi (Ijor madaniyati muzeyi; , ) — Rossiyaning Leningrad viloyati Kingisepp tumani Vistinsk qishloq punktiga qarashli Ruchyi qishlogʻida joylashgan muzey. Ushbu muzey Rossiyadagi kam sonli xalqlardan hisoblangan ijorlar tarixi va madaniyatiga bagʻishlangan. Muzey qoshida ijor madaniyat markazi yoʻlga qoʻyilgan boʻlib, istovchilar u yerda xalq hunarlari yoki ijor tilini oʻrganishlari mumkin.

Muzey kolleksiyasi 1990-yilda toʻplana boshlangan, 1993-yilda Ruchyi qishlogʻidagi sobiq boshlangʻich maktab binosida namoyishga qoʻyilgan. Muzey eksponatlari soni asosan atrofdagi qoshloqlar aholisi qiladigan sovgʻa va xayriyalar hisobiga doimiy toʻldirib boriladi. Muzeyda maishiy buyumlardan tashqari arxeologik ekspozitsiya va ijorlar tarixini yaxshiroq tushunishga yordam beruvchi XX asr boshlarida olingan suratlarning asl nusxasi koʻrgazmaga qoʻyilgan. Tarixi Ijorlar tarixi va madaniyatiga oid muzey ekspozitsiyasiga 1990-yil 1-aprelda asos solingan. Ushbu ekspozitsiya asosida 1993-yil 1-oktyabrda „Baltika“ baliqchilik kolxozi yordami bilan Ruchyi qishlogʻidagi sobiq boshlangʻich maktab binosida muzey tashkil qilingan. Avvaliga muzey ancha kichik boʻlib, kolxoz muzeyi maqomida turgan, ekspozitsiyasi ham uncha katta boʻlmagan. Bir necha yildan soʻng u etnografik muzey maqomini olgan, muzey kolleksiyasi ham atrof qishloqlarda yashovchi ijorlar tomonidan sovgʻa qilingan buyumlar hisobiga koʻpaya borgan.

2014-yil muzeyda ijor anʼanaviy kulolchilik hunarini oʻrganish va qayta tiklash boʻyisha izlanishlar boshlangan, shu maqsadda muzey qoshida „Soyka“ nomli kulolchilik markazi ochilgan. 2015-yilda muzey xodimlari jamoasi toʻliq yangilangan. 2019-yilda „Nord Stream“ kompaniyasi muzeyni yangilash ishlari uchun moliyaviy yordam taklif qilgan. Oʻsha yilning boshida asosiy yoʻnalishi aynan kulolchilikka bagʻishlanishi rejalangan boʻlajak ijor tili va hunarmandchiligi markazining tamal toshi qoʻyilgan.

Markaz 2019-yilning iyulidan dekabrigacha qurib bitkazilgan va 2020-yil 13-martda Leningrad viloyati gubernatori Aleksandr Drozdenko ishtirokida ochilgan. Manbalar

Turkum:Rossiyadagi muzeylar