Damjan Krajišnik (; 1997-yil 29-aprel) – bosniyalik-serb futbolchisi, Toshkentning „Lokomotiv“ jamoasida yarim himoyachi sifatida oʻynaydi.

Klub faoliyati Damjan Bosniya va Gersegovinaning Bijeljina shahrida tugʻilgan. Damjan mahalliy FK Radnik Bijeljina akademiyasida faoliyatini boshlagan. Damjan 2012-yilda qoʻshni davlat, Serbiyaning grand jamoasi FK Partizan akademiyasiga oʻtgan. 2017-yilda u ligadagi raqiblari, yuqori ambitsiyali FK Zvijezda 09 jamoasi bilan shartnoma imzoladi va ular bilan Bosniya va Gersegovina Premyer-ligasiga 2018/2019-yilgi mavsumiga yoʻllanma oldiDamjan Krajisnik at srbijafudbal.com, retrieved 19-6-2020. Mavsumning qishki tanaffus vaqtida u yana chet elga koʻchib oʻtish taklifini qabul qildi va bu safar Daniya 1-divizioni vakili Næstved Boldklub jamoasi bilan shartnoma imzoladi. Oradan roppa-rosa bir yil oʻtgach, u sobiq Yugoslaviyaga qaytib keldi va Serbiya Superliga jamoasi FK Mladost Luchaniga qoʻshildiDamjan Krajisnik profile at Soccerway.

2021-yil 15-yanvarda Krajishnik boshqa liga klubi FK Metalac Gornji Milanovac jamoasiga oʻtdiFK Metalac: Dva pojačanja za trku ka vrhu tabele, gminfo.rs, 15 January 2021. 2024-yil 5-yanvarda Toshkentning „Lokomotiv“ jamoasi bilan sharttnoma imzolagan.

Manbalar

Turkum:29-aprelda tugʻilganlar Turkum:1997-yilda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Erkak futbol yarim himoyachilari Turkum:Bosniya va Gersegovinalik erkak futbolchilar Turkum:Oʻzbekistondagi chet ellik erkak futbolchilar Turkum:Oʻzbekiston Superligasi futbolchilari Turkum:Lokomotiv Toshkent futbol klubi futbolchilari Turkum:Alifbo boʻyicha sportchilar