thumb|430x430px| Xitoy bilan chegarani koʻrsatuvchi Tojikiston xaritasi
Tojikiston va Xitoy chegarasi Tojikiston va XXR oʻrtasidagi xalqaro chegara hisoblanadi. Uzunligi } boʻlib, Qirgʻiziston bilan uchtomonlama chegara nuqtasidan boshlab, taxminan shimoldan janubga yoʻnalish boʻylab turli togʻ tizmalari va Pomir choʻqqilari orqali Afgʻoniston bilan uchtomonlama chegara nuqtasigacha davom etadi. Chegara Tojikistonning Togʻli-Badaxshon muxtor viloyatining Murgʻob tumanini Xitoyning Shinjon-Uygʻur muxtor rayonidagi Qizilsuv qirgʻiz muxtor okrugi Oqtov uyezdi (shimolda) hamda Qashqar okrugining Taxtaqoʻrgʻon tojik muxtor uyezdidan (janubda) ajratib turadi.
Tarixi left|thumb| Xitoy va Tojikiston oʻrtasidagi chegara devori thumb| Xitoy (sariq) va Tojikiston (yashil) oʻrtasidagi chegaradagi oʻzgarishlar Chegaraning oʻrnatilishi 19-asrning oʻrtalariga, yaʼni Rossiya imperiyasi Oʻrta Osiyoga kengayib, Zaysan koʻli hududi ustidan nazorat oʻrnatgan vaqtga toʻgʻri keladi. 1860-yilgi Pekin konvensiyasida hozirgi Xitoy-Qozoq/Qirgʻiz/Tojikiston chegaralaridan unchalik farq qilmaydigan Rossiya imperiyasi va Sin imperiyasi oʻrtasidagi chegarani oʻrnatish nazarda tutilgan ediArticles 2 and 3 in the Russian text of the treaty. Konvensiyaga muvofiq faktik chegara chizigʻi Zaysan koʻlini Rossiya tomonida qoldirib, Tarbagʻatoy shartnomasi (1864) va Uliassuhay shartnomasi (1870) asosida chizilgan(See the map)The Lost Frontier: the treaty maps that changed Qingʻs northwestern boundaries. Dungan qoʻzgʻoloni (1862–1877) davrida Sin imperiyasining Irtish havzasidagi harbiy bazasi yoʻq qilindi. Qoʻzgʻolon barbod boʻlganidan va Shinjonni Szo Szuntan tomonidan qayta bosib olingandan soʻng, Ili havzasidagi Rossiya va Sin imperiyalari oʻrtasidagi chegara Sankt-Peterburg shartnomasi (1881) va bir qator keyingi protokollar bilan Rossiya foydasiga biroz oʻzgartirildi. 1915-yilda Ili vodiysi va Jungʻariya olatovi oʻlkasi oʻrtasidagi chegarani aniqroq belgilovchi shartnoma imzolandi. Chegaraning eng janubiy qismi (yaʼni, taxminan hozirgi Xitoy-Tojikiston chegarasining janubiy yarmi) qisman Katta oʻyin deb nomlanuvchi Oʻrta Osiyoda hukmronlik qilish uchun Angliya va Rossiya oʻrtasida davom etayotgan raqobat tufayli demarkatsiya qilinmadi; oxir-oqibat ikkalasi Afgʻoniston ular oʻrtasida mustaqil bufer davlat boʻlib qolishiga kelishib oldilar, Afgʻonistonning Vaxon koridori 1895-yilda tashkil etilgan. Xitoy ushbu kelishuvlarning ishtirokchisi emas edi va shuning uchun Xitoy-Rossiya chegarasining eng janubiy qismi aniqlanmay qolgan (Note: In the map, the southern part of the border is drawn with a dotted line, whereas the northern part of the border is drawn with a solid line.). Tojikiston 1991-yilda mustaqillikka erishgach, Xitoy-SSSR chegarasining bir qismini meros qilib oldi. Bu chegara Amudaryo va Yorkenddaryo orasidagi drenaj havzasi boʻlinmasidan keyin Markansuvgacha yetib bordi.
2011-yilda Tojikiston yerdan voz kechish toʻgʻrisidagi 1999-yildagi bitimni (va 2002-yildagi qoʻshimcha bitimni) ratifikatsiya qildi. Bitim Pomir togʻlaridagi tegishli hududdan yerni Xitoyga berib, 130 yillik tortishuvga yakun yasadi. Shartnomada Xitoy ham dan ortiq Tojikiston hududiga nisbatan daʼvolaridan voz kechdi. Xitoy Respublikasi tarixan bu hududda shunga oʻxshash daʼvolar bilan chiqqan (In the map , the border of Sinkiang (Xinjiang; ) includes an area approximately similar to the Pamir area in the map China-USSR: Border Western Sector.). Tojikistonning chegara shartnomasiga munosabati turli manfaat guruhlari orasida sezilarli darajada farq qilar edi, bu ochiq qarshilikdan ochiq qoʻllab-quvvatlashgacha aks etgan.
Geografiyasi Tojikiston va Xitoy oʻrtasidagi chegaraning Markansuv daryosi ()orqali oʻtadigan shimoliy nuqtasi Xitoyning eng gʻarbiy nuqtasi hisoblanadi. Chegaraning janubiy qismi Povalo-Shveykovskiy choʻqqisida () / Kokrash Kol Peak (Kekelaqukaole Peak; ) yakunlanadi, bu joy Afgʻoniston-Xitoy-Tojikiston uchtomonlama chegara nuqtasi hamdir.
Chegara oʻtish nuqtalari Qulma dovonidagi Qorasuv porti () Xitoy va Tojikiston oʻrtasidagi yagona zamonaviy chegara oʻtishnuqtasidir. Tarixan chegara boʻylab janubga qarab ikki dovon – Nayzatosh va Beyik dovoni ham oʻtgan. Qulma dovonining shimoli-gʻarbida Oʻzbel/Qiziljiyik dovoni (Oʻzbel Shankou, Pereval Qizil-Jiyik, Wuzibieli dovoni (), Qizil Jik Dawan, Kizöl-jiik dovoni, K’o-tse-lo-chi-k’o Shan-k’ou, Qizil Jik Dāwan, Utzupieli dovoni va Wu-tzu-pieh-li Shan-k’ou nomlari bilan ham tanilgan) joylashgan.
Tarixiy xaritalar Xitoy- SSSR (Tojikiston SSR) chegarasi hududining 20-asr oʻrtalari va oxirigacha boʻlgan ingliz tilidagi tarixiy xaritalari va 2011-yilgacha boʻlgan Xitoy-Tojikiston chegarasidagi tarixiy xaritalar:
Yana qarang
Xitoy — Tojikiston munosabatlari
Eslatmalar
Manbalar
Turkum:Xalqaro chegaralar Turkum:Tojikiston chegaralari Turkum:Xitoy chegaralari Turkum:Xitoy — Tojikiston munosabatlari Turkum:Tojikiston va Xitoy chegarasi