Oʻzbekiston Respublikasi savdo-sanoat palatasi – Oʻzbekiston Respublikasi hududida tadbirkorlik faoliyati subyektlarini ixtiyoriylik asosida birlashtiruvchi nodavlat notijorat tashkiloti.
Tadbirkorlikni rivojlantirish uchun qulay sharoitlar yaratish, palata aʼzolarining huquqlarini ifoda etish, himoya qilish, tadbirkorlarning chet ellik sheriklar bilan aloqalarini yoʻlga qoʻyishga koʻmaklashish; boshqa davlatlarning savdo-sanoat palatalari va tadbirkorlar jamoat birlashmalari bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻyish, Oʻzbekiston ishlab chiqaruvchilari haqidagi axborotni, ish imkoniyatlariga oid maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan biznes-kataloglar eʼlon qilinishini tashkil etish; tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishning huquqiy va iqtisodiy sharoitlarini yaxshilashga qaratilgan qonun hujjatlarini takomillashtirish yuzasidan takliflar tayyorlash; tadbirkorlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini davlat hamda xoʻjalik boshqaruvi organlari bilan munosabatlarda, shuningdek sudlarda ifoda etish hamda himoya qilish; tadbirkorlik faoliyati uchun kadrlar taʼlimi va ularning malakasini oshirishdan iborat.
2023-yil 18-dekabrda Investitsiyalar vazirligining hududiy boʻlimlari tugatilib, funksiyalari savdo-sanoat palatasiga oʻtkazildi.
Raislari 2006—2017 – Alisher Shayxov 2017—2022 – Adham Ikromov 2022-yildan – Davron Vahobov
Manbalar
Havolalar
OZBEKISTON SAVDO-SANOAT PALATASI, Toshkent, Oʻzbekiston
Turkum:Oʻzbekiston tashkilotlari Turkum:2006-yilda Oʻzbekistonda tashkil etilganlar