Sulton Idrisshoh II masjidi () – Malayziyada joylashgan Perak davlat masjidi. Masjid Perak viloyati Ipoh tuman politsiya boshqarmasi, Syariah sudi, Ipoh Oliy sudi va Ipoh avtovokzali yaqinida joylashgan .

Tarixi Masjid qurilishi 1966-yilning may oyida boshlanib, 1968-yilning avgustida yakunlangan. Masjid rasman 1978-yilning sentyabr oyida peraklik sulton Idrisshoh II ning 54 yoshga toʻlgan tavallud kunida ochilgan. Masjid Ipoh shahrining markazida joylashgan boʻlib, taxminan 2,6 gektar yer maydoniga ega. Masjid qurilishi 1966-yil 16-mayda boshlangan boʻlib, binoning tamal toshini 1967-yil 27-oktyabrda oʻsha paytda Bosh vazir oʻrinbosari boʻlgan (marhum) Tun Haji Abdul Razak qoʻygan.

Dastlab masjid „Davlat masjidi (Perak)“ deb nomlangan, keyinchalik 1984-yilda Sulton Idris Iskandarshoh II sharafiga „Sulton Idrisshoh II masjidi“ deb nomlangan.

Ushbu masjidni qurish gʻoyasi marhum Orang Kaya-Kaya Panglima Bukit Gantang Seri Amar Diraja Abdul Wahab tomonidan 1951-yilda berilgan. Qurilishning umumiy qiymati 1 840 000.00 ringitga teng boʻlgan. thumb|Sulton Idrisshoh II masjidi

Transport Masjidga KTMning (Keretapi Tanah Melayu – Malaya temir yoʻli) Ipoh stansiyasidan sharq tomonga qarab piyoda borish mumkin.

Yana qarang

Malayziyadagi masjidlar

Manbalar

Turkum:Koordinatalar Vikimaʼlumotlarda Turkum:Malayziyadagi masjidlar Turkum:Gumbazli masjidlar