Aleksandr Aleksiyovich Govorov (1942-yil 11-fevral, Ukraina SSR, Chernigov shahri – vafot sanasi nomaʼlum, Toshkent shahri, Oʻzbekiston SSR) – sovet va ukrain futbolchisi, darvozabon. SSSR Oliy ligasida „Shaxtyor Donetsk“ va Toshkentning „Paxtakor“ klublarida oʻynagan.
Hayoti Aleksandr Aleksiyovich Govorov 1942-yil 11-fevralda Ukraina SSRning Chernigov shahrida tugʻilgan
U oʻz faoliyatini 1960–1961-yillarda „Avangard“ jamoasida boshlagan. 1962-yildan boshlab 1963-yilgacha SKA Kiyev tarkibida 34 ta oʻyin oʻtkazgan. 1964–1965-yillarda Chernigov „Desna“ jamoasida oʻynagan. Ukrainaning „Desna“ jamoasida tarkibida 40 ta oʻyinda maydonga tushgan.
1966-yilda 24 yoshli Aleksandr Aleksiyovich Govorov „Shaxtyor Donetsk“ klubiga koʻchib oʻtgan. „Shaxtyor Donetsk“ klubi safida umumiy hisobda 112 ta gol oʻtkazib yuborgan. Aleksandr Aleksiyovich Govorov u yerda Yuriy Korotkiy bilan boʻlgan vaziyat sababli zaxirada qoldirilganXraniteli: 10 vratarey-gvardeysev v istorii Shaxtera. U Donetsk klubi futbolkasida debyutini 1966-yil 26-aprelda „A“ toifasi birinchi guruhi 4-turida Bokuning „Naftovik“ jamoasiga qarshi safarda ishtirok etgan. Ushbu oʻyinda uning jamoasi magʻlub boʻlingan (0:2). Govorov 74-daqiqada Yuriy Korotkiyning oʻrniga maydonga tushgan„Naftovik“ (Baku) – „Shaxtar“ (Donesk). Biroq, keyingi mavsumdan boshlab u jamoaning asosiy darvozaboni boʻlgan. 1971-yilgacha Yuriy Degterevga raqobatda magʻlub boʻlgunga qadar jamoada qolgan. U „konchilar“ tarkibida 100 ta rasmiy oʻyin oʻtkazgan.
Keyin oliy ligadagi Toshkentning „Paxtakor“ jamoasiga oʻtgan. Professional faoliyatini 1974-yilda Oʻzbekiston ikkinchi ligasi „Yangiyer“ klubi tarkibida yakunlagan.
Aleksandr Aleksiyovich Govorov Oʻzbekiston SSRning Toshkent shahrida vafot etgan. Vafot sanasi aniqlanmagan. Manbalar
Havolalar Профіль гравця на сайті «Український футбол» Профіль гравця на сайті footbook.ru Профіль гравця на сайті teams.by
Turkum:Toshkentda vafot etganlar Turkum:Kishilar Turkum:Alifbo boʻyicha sportchilar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:SSSR erkak futbolchilari Turkum:FC CSKA Kiyev futbolchilari Turkum:FC Shaxtyor Donetsk futbolchilari Turkum:FC Desna Chernigov futbolchilari Turkum:Paxtakor jamoasi futbolchilari Turkum:Yangiyer klubi futbolchilari Turkum:Sportchilar