Pak Bon Chun (1926-yil 8-fevral, Primorsk viloyati, Nikolsk-Ussuriysk tumani, Synxinchon qishlogʻi – 2013-yil 20-noyabr, Sankt-Peterburg) – Oʻzbekiston SSR, Toshkent viloyati, Oʻrta Chirchiq tumanidagi „Polyarnaya zvezda“ kolxozining agronomi. Sotsialistik Mehnat Qahramoni (1966).
Hayoti Pak Bon Chun 1926-yilda Primorsk viloyati, Nikolsk-Ussuriysk tumani, Synxinchon qishlogʻida tugʻilgan. 1937-yilda qishlogʻidagi boshqa koreyslar bilan birga O‘zbekiston SSRning Oʻrta Chirchiq tumaniga surgun qilinadi. U Oʻrta Chirchiq tumanidagi „Polyarnaya zvezda“ kolxozida oddiy kolxozchi boʻlib ishlagan, uning raisi ikki marotaba Sotsialistik Mehnat Qahramoni unvonini olgan Kim Pen Xva boʻlgan.
Pak Bon Chun jamoasi 1949-yilda 5 gektar yerning har gektaridan oʻrtacha 81,1 sentnerdan sholi oldi. SSSR Oliy Kengashi Prezidiumining 1950-yil 13-iyundagi Farmoni bilan „Kolxozda barcha turdagi majburiy topshiriqlar va shartnomalarni toʻliq bajargani, sugʻoriladigan yerlarda qishloq xoʻjaligi mahsulotlari, sholidan yuqori hosil olgani uchun“ Sotsialistik Mehnat Qahramoni unvoni bilan taqdirlangan. Shuningdek, „1948-yilda MTS ishi uchun natura toʻlovlari va 1949-yil bahorgi ekinlarni ekish uchun tayyorlash, ularni toʻliq miqdorida urugʻlik bilan taʼminlashdagi ishtiroki uchun“ Lenin ordeni hamda "Oʻroq va Bolgʻa" oltin medali berilganУказ Президиума Верховного Совета СССР от 13 июня 1950 года. 1953-yilda Sovet Ittifoqi Kommunistik partiyasi aʼzoligiga qabul qilingan.
Xuddi shu farmon bilan Sotsialistik Mehnat Qahramoni unvoni "Polyarnaya zvezda" kolxozining to'rtta kolxozchisiga berildi: Kim Pendyu, Li Gvanok, Li Sinbon va Xe Rim.
Keyinchalik 1991-yilda u Leningrad viloyatiga ko'chib o'tgan. Pak Bon Chun 2013-yil 20-noyabrda vafot etgan.
Mukofotlari Sotsialistik Mehnat Qahramoni Lenin ordeni
Manbalar
Turkum:Lenin ordeni sohiblari Turkum:Sotsialistik Mehnat Qahramonlari