Pyotr Andreyevich Sevastyanov (1887-yil 31-dekabr – 1942-yil 6-may) – sovet harbiy rahbari, Birinchi jahon urushi, fuqarolar urushi (Sharqiy front, Moʻgʻuliston ekspeditsiyasi) va Ulugʻ Vatan urushi qatnashchisi. Tank kuchlari general-mayori (1940).

Biografiyasi Pyotr Andreyevich 1887-yil 31-dekabrda Tula viloyati, Krapivenskiy tumani, Doljanskiy viloyatining Dolgoye qishlogʻida tavallud topgan (Kireyevskiy tumani, Tula viloyati).

Pyotr 1903-yil Tula shahar maktabining 4 sinfini, 1908-yil Tula diniy seminariyasining 4 sinfini tugatgan.

Maʼlumoti: 1915-yilda Chuguyev harbiy bilim yurtini, KUVNAS qoshidagi M. V. Frunze nomidagi Harbiy akademiyani tamomlagan.

Qizil Armiyadagi xizmati Sevastyanov 1921-yil fevraldan 35-piyoda diviziyasining 312-piyoda polkida va 1922-yil oktyabrdan xuddi shu diviziyaning 104-piyoda polkida komandir boʻlib xizmat qilgan (Irkutsk). 1923-yil iyuldan 35-piyoda diviziyasi komandirining yordamchisi boʻlgan.

1923-yil sentyabrdan 81-piyoda diviziyasi (Kaluga) qoʻmondoni yordamchisi va 1924-yil dekabrdan 84-piyoda diviziyasi (Tula) komandirining yordamchisi boʻlib faoliyat olib borgan.

Pyotr Andreyevich 1925-yil sentyabrdan 1926-yil avgustgacha Oliy qoʻmondonlik kadrlari malakasini oshirish kursi tahsil olgan.

1926-yil avgustdan 84-piyoda diviziyasi (Tula) komandirining yordamchisi boʻlib xizmat qilgan.

Sevastyanov 1933-yil 29-martdan (va 1940-yil aprel) I. V. Stalin nomidagi Harbiy mexanizatsiya va motorizatsiya akademiyasida ABTV taktika kafedrasi oʻqituvchisi boʻlib ishlagan.

Pyotr vafot etganida I. V. Stalin nomidagi Harbiy mexanizatsiya va motorizatsiya akademiyasi taktika kafedrasi mudiri edi. 1942-yil 6-mayda Toshkentda tifdan vafot etgan.

Mukofotlari Sevastyanov Qizil Bayroq ordeni hamda 1938-yida „Ishxhi-Dehqon Qizil Armiyaning XX yilligi“ medali bilan taqdirlangan.

Xotirasi Pyotrning qabri ustiga qabr toshi oʻrnatilgan.

Jangchi nomi Rossiya Qurolli Kuchlarining Bosh ibodatxonasida abadiylashtirilgan va „Doroga pamyati“ yodgorligida abadiy muhrlangan.

Manbalar

Turkum:Ishchi-Dehqon Qizil Armiyasining XX yilligi yubiley medali sohiblari Turkum:Qizil Bayroq ordeni sohiblari Turkum:General-mayorlar (SSSR) Turkum:Toshkentda vafot etganlar Turkum:1942-yilda vafot etganlar Turkum:6-mayda vafot etganlar Turkum:1887-yilda tugʻilganlar Turkum:31-dekabrda tugʻilganlar