Arkadiy Markovich Mar (22-dekabr 1945-yil, Toshkent) – yozuvchi, jurnalist, muharrir, radio jurnalisti. AQSh, Nyu-Yorkning „Russkoyazichnaya Amerika“ gazetasining nashriyotchisi va Bosh muharriri. SSSR, Rossiya, Moskva, Oʻzbekiston qoʻshma korxonasi aʼzosi. Xalqaro PEN klub Aʼzosi.

Tarjimai holi Arkadiy Markovich 1945-yil 22-dekabrda Toshkentda jurnalist hamda musiqa oʻqituvchisi oilasiga tavallud topgan. Musiqa bilim yurtini, soʻngra Toshkent Konservatoriyasini (maxsus fortepiano fakulteti) tamomlagan. 15 yil Respublika maxsus musiqa-badiiy maktab-internatida ishlagan. 1995-yildan AQShning Nyu-York shahrida yashaydi.

Arkadiyning birinchi hikoyalari 1977-yilda „Yoshlik“ respublika adabiy almanaxida (Toshkent) chop etilgan. Uning koʻplab hikoyalari Oʻzbekiston gazetasi va jurnallarida chop etilgan va respublika radiosining adabiy koʻrsatuvlarida yangragan. Leningradda „Kostyor“ jurnali tomonidan oʻtkaziladigan yosh yozuvchilarning umumittifoq seminarlarida ishtirok etgan.

Mar 1995-yildan AQShning Nyu-York shahrida yashaydi. 2000–2013-yillarda „Russkaya Amerika, NY“ gazetasining nashriyotchisi va Bosh muharriri boʻlib faoliyat yuritgan. 2013-yildan hozirgi kungacha „Russkayazichnaya Amerika, NY“ gazetasining nashriyotchisi va Bosh muharriri lavozimida ishlab kelmoqda.

Oʻn bir yil davomida Amerikaning eng qadimgi rus tilidagi „Nadejda“ radiostansiyasida „Amerika i Mir“ haftalida bir bor namoyish etiladigan bir soatlik mualliflik dasturini olib bordi. Uch yuzdan ortiq efirlarni oʻtkazdi, unda dunyoning turli mamlakatlaridagi siyosatchilar, ishbilarmonlar, artistlar, yozuvchilardan intervyu oldi.

Mukofotlari Mar 1990-yil „Luchshaya detskaya kniga Rossii“, 2004-yil „Artiada narodov Rossii“, 2006-yil „Serebryanaya Litera“ mukofotlariga sazovor boʻldi.

2008-yil Vladislav Krapivin nomidagi xalqaro adabiy mukofoti laureati, 2021-yil A. I. Kuprin nomidagi „yengib chiqish“ tanlovining laureati boʻlgan.

Yozuvchi Arkadiy 2021-yil rus adabiyotiga sodiqligi uchun „I. A. Bunina“ medali sohibi boʻlgan.

Bundan tashqari, „Buyuk shahid imperator Nikolay II“ ordeni hamda „Saribay bi Aydos-uli“ medali (Qozogʻiston) bilan taqdirlangan.

Manbalar

Turkum:Toshkentda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1945-yilda tugʻilganlar Turkum:22-dekabrda tugʻilganlar