Ahadjon Ahmadjonovich Hasanov (1940.29.3) — arabshunos-islomshunos olim, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiyi, tarix fanlari doktori (1994), professor.

Tarjimayi holi Ahadjon Hasanov 1940-yilning 29-martida Toshkent viloyati Piskent shahrida tug‘ilgan. 1964-yilda Toshkent Davlat universiteti (hozirgi O‘zbekiston Milliy universiteti)ning sharq fakultetini tamomlagan. Mehnat faoliyatini mazkur fakultetda Arab davlatlari tarixi fanidan dars  berishdan boshladi. Misr, Liviya va boshqa arab davlatlarida uzoq muddat xizmat safarida bo‘ldi. 13 yil davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devonida mas’ul vazifada ishladi. Hozirda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi islom tarixi va manbashunosligi kafedrasi professori sifatida faoliyat yuritmoqda.

Ilmiy-pedagogik faoliyati 1975-yilda „Социально-политический строй мамлюкского Египта при черкесских султанах (1382—1517)“ mavzusidagi nomzodlik dissertatsiyasini, 1994-yilda esa „История древней Аравии и проблемы  ее изучения“ mavzusidagi doktorlik dissertatsiyasini himoya qildi.

2000-yil 16-sentyabrda  Toshkent islom universitetida UNESCO Bosh kotibi Koichiro Masuuro ishtirokida „Jahon dinlarini qiyosiy o‘rganish UNESCO“ kafedrasi ochildi. Mazkur kafedra o‘z yo‘nalishi bo‘yicha dunyodagi  12 ta kafedraning biri, professor Ahadjon Hasanov esa  uning ilk rahbari bo‘ldi.

Olim mazkur kafedra faoliyatini tashkil etishda, uning dunyo oliy o‘quv yurtlaridagi turdosh  dinshunoslik kafedralari  bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatish va mustahkamlashda samarali mehnat qildi. U Toshkent, Samarqand, Buxoro, Moskva, Qozon, Qohira, Buxarest, Parij, Yujin (AQSh)da o‘tkazilgan xalqaro ilmiy konferensiyalarda ingliz, arab va rus tillaridagi ma’ruzalari bilan ishtirok etdi.

Ahadjon Hasanov dinlar tarixi, islom tarixi, qiyosiy dinshunoslik kabi yo‘nalishlarda  o‘ziga xos ilmiy maktab yaratdi.  Bir qator nomzodlik va doktorlik dissertatsiyalariga rahbarlik qilmoqda.

Ahadjon Hasanov  200 ga yaqin ilmiy maqola, monografiya, darslik, o‘quv qo‘llanma va   risolalar muallifi. Olimning mas’ul  muharrirligi va taqrizi ostida 30 dan ortiq monografiya, risola va o‘quv qo‘llanmasi chop etildi.

Mukofotlari Professor Ahadjon Hasanov  2011-yilda „O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiyi“ faxriy unvoniga sazovor bo‘ldi. 2020-yilda „Mehnat shuhrati“ ordeni bilan taqdirlandi.

Manbalar

Turkum:Manbashunos olimlar Turkum:Toshkent viloyatida tugʻilganlar Turkum:Piskent tumanida tugʻilganlar Turkum:Mehnat shuhrati ordeni sohiblari