Turkum:Articles with hCards Boris Borisovich Nadejdin (; 1963-yil 26-aprel, Toshkent) – rossiyalik muxolifatchi siyosatchi, Moskva viloyati munitsipal deputati. U 1999-yildan 2003-yilgacha Davlat Dumasining 3-chaqiriqda saylangan. Nadejdin oʻldirilgan muxolifat lideri Boris Nemsovning yaqin ittifoqchisi boʻlgan.

„Hududiy loyihalar va qonunchilik instituti“ jamgʻarmasi asoschisi va prezidenti (2001-yildan hozirgacha). Rossiya Federatsiyasi Federal Majlisining 3-chaqiriq Davlat Dumasi deputati (1999-2003). Fizika-matematika fanlari nomzodi (1988).

Shaxsiy hayoti Nadejdin OʻzSSR poytaxti Toshkent shahrida tugʻilgan. U rus, ukrain, polsha, rumin va yahudiy merosiga ega. U uch yoshida (uchinchi tugʻilgan kunida) sodir boʻlgan Toshkent zilzilasidan omon qolgan. 1969-yilda ota-onasi bilan RossiyaningDolgoprudniy shahriga koʻchib ketgan, u yerda otasi Moskva fizika-texnika institutida (MFTI), onasi esa Moskva konservatoriyasida oʻqigan. Nadejdinlar oilasida besh avlod davomida barcha erkaklar Boris ismini olganlar. Shuningdek, oiladagi hamma musiqachi boʻlgan. Uning bobosi sovet oʻzbek kompozitori, Toshkent konservatoriyasi dotsenti boʻlgan. Hozir Toshkentda uning nomidagi musiqa maktabi bor va u yerda haykali oʻrnatilgan. Ona tomondan bobosi Oktyabr inqilobidan keyin Ukrainadan Oʻzbekistonga qochib ketgan.

Taʼlimi 1979-yili oʻrta maktab oʻquvchilari oʻrtasidagi umumittifoq matematika olimpiadasida ikkinchi oʻrinni egallagan. Oʻsha yili u Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti qoshidagi 18-sonli fizika-matematika ixtisoslashtirilgan maktab-internatini tamomlagan. 1985-yilda MFTIni imtiyozli diplom bilan tamomlagan. 1985—1990-yillarda Butunittifoq sirt va vakuum xossalarini oʻrganish ilmiy-tadqiqot markazida muhandis va ilmiy xodim boʻlgan.

Karyerasi Nadejdin 1999-yildan 2003-yilgacha Davlat Dumasining 3-chaqiriq deputati boʻldi.

2011-yilda Nadejdin Moskva viloyat dumasi saylovlarida „Huquqiy faoliyat“ () butunrossiya siyosiy partiyasi yetakchisi sifatida ishtirok etdi.

Nadejdin 2018-yilgi Moskva viloyati gubernatorlik saylovida „Oʻsish“ partiyasidan () ishtirok etdi.

2022-yil aprel oyida Nadejdin Sovet Ittifoqi „Chexoslovakiya va Sharqiy Yevropani bosib olgani“ haqida gapirdi.

Ukrainadagi urushga qarshi fikrlari 2022-yil sentyabrida Rossiya Ukrainaning Xarkov viloyatidan chekinar ekan, Nadejdin NTV telekanalining dolzarb koʻrsatuvida Rossiya razvedka xizmatlarini tanqid qildi va mojaroga barham berish boʻyicha muzokaralar oʻtkazishga chaqirdi. U Rossiyaning urush strategiyasini tanqid qilib, „mustamlakachilik urushi usullari“ deb atagan hozirgi usullari va strategiyalar yordamida Ukrainani magʻlub etishning iloji yoʻqligini aytdi. Bir necha kundan soʻng „Rossiya-1“ kanalida Kreml targʻibotchisi Vladimir Solovyov Nadejdin hibsga olinishi kerakligi haqida gapirdi.

2023-yil yanvar oyida Nadejdin NTV telekanalining „Mesto Vstrechi“ koʻrsatuvida „urush halokatli xato“ boʻlganini aytdi.

2023-yil mart oyining soʻnggi haftasida xuddi shu koʻrsatuvda gʻarb Rossiyadan kuchliroq, degan fikrni bildirgani uchun „unga jahl bilan baqirishdi“.

2023-yil 27-may kuni Nadejdin Ukrainaga qarshi urushni toʻxtatish va Yevropa bilan aloqalarni qayta tiklash uchun Rossiyada yangi hukumatni saylashga chaqirdi.

Manbalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1963-yilda tugʻilganlar Turkum:26-aprelda tugʻilganlar Turkum:Kishilar Turkum:Toshkentlik siyosatchilar Turkum:Toshkentda tugʻilganlar Turkum:Alifbo boʻyicha siyosatchilar