Lohurdagi Katta Jamiya masjidi () – Pokistonning Lohur shahrida joylashgan masjid. 70 000 namozxonni sigʻdira oladigan bu masjid Pokistondagi uchinchi va dunyodagi oʻn toʻrtinchi yirik masjiddir.
Masjidning bosh dizayneri Nayyar Ali Dada. Masjid 2014-yil 6-oktyabrda Qurbon hayitida ochilgan. Binoning ichiga 25 000 namozxon sigʻadi. Asosiy namozxonalar tomon olib boruvchi yoʻlak va hovli bilan esa jami 70 000 kishi sigʻadi. Arxitekturasi Badshahi masjidi, Vazir Xon masjidi va Shayx Zayd masjidlari arxitekturasiga oʻxshash boʻlib, qurilish xarajatlari 4 milliard rupiy (yoki taxminan 39 million dollar) ni tashkil qiladi.
Inshoot har biri 165 fut balandlikdagi toʻrtta minora va 20 ta kichik gumbazdan iborat. Tashqi koʻrinishi 4 millionta qoʻlda ishlangan Moʻlton plitkalari bilan qoplangan. Ichki tarafi Turkiyadan keltirilgan buyurtma asosida tayyorlangan gilamlar va Erondan keltirilgan 50 dan ortiq qandillar bilan bezatilgan. Qavatlardan biri nodir Qur’on kolleksiyalarini namoyish etuvchi Islom merosi muzeyi, islom kutubxonasi va turli antiqa buyumlarga ega islomiy sanʼat galereyasidan iborat.
Manbalar
Turkum:Katta masjidlar Turkum:2014-yilda qurib bitkazilgan masjidlar Turkum:Lohurdagi masjidlar