Arap masjidi () – Turkiyaning Istanbul shahri, Qorakoʻy mahallasida joylashgan masjid. Bino dastlab 1325-yilda Dominikan rohiblari tomonidan Avliyo Paulga bagʻishlab Rim-katolik cherkovi sifatida 1233-yilda qurilgan oldingi ibodatxona yaqinida yoki tepa qismida qurilgan ()Müller-Wiener (1977), p. 79. Usmonlilar imperiyasi davrida masjidning tuzilishiga birmuncha oʻzgartirishlar kiritilgan boʻlsa-da, ushbu masjid Istanbulda saqlanib qolgan, oʻrta asrlarda gotika uslubida yaratilgan yagona inshoot hisoblanadi.

Cherkov 1475—1478-yillarda Usmonlilar imperiyasi tomonidan Sulton Mehmed II Fotih davrida masjidga aylantirilgan va Galata masjidi nomi bilan mashhur boʻlgan. Keyinchalik, bino Sulton Boyazid II tomonidan 1492-yilda ispan inkvizitsiyasidan qochib, Istanbulning Galata mahallasiga (shuning uchun uning hozirgi nomi Arab masjidi) joylashib olgan al-Andaluslik musulmon qochqinlarga berilgan.

Manzili Arap masjidi Istanbulning Beyogʻlu tumani, Qorakoʻy (oʻrta asr Galatasi) mahallasi, Oltin Shoxning shimoliy qirgʻoqlaridan unchalik uzoq boʻlmagan Galata Mahkemesi Sokak hududida joylashgan. Masjidning atrofi hunarmandchilik doʻkonlari bilan oʻralgan.

Tarixi

Vizantiya davri VI asrda masjid oʻrnida Avliyo Irenga bagʻishlab qurilgan boʻlishi mumkin boʻlgan Vizantiya cherkovi mavjud boʻlganMüller-Wiener (1977), p. 79. Hozirgi kunda yodgorlik devorining faqatgina bir qismigina saqlanib qolgan.

717—718-yillarda Umaviylar shahzodasi va general Maslama ibn Abdulmalik tomonidan Konstantinopolning ikkinchi bor arablar tomonidan qamal qilinishi vaqtida ushbu hududda masjid qurilgan boʻlishi mumkinligi haqida bir qancha afsonalar mavjudMüller-Wiener (1977), p. 79Eyice (1955), p. 102. Usmonli yilnomachilari bu joyni Maslama ibn Abdulmalikning dafn etilgan joyi, qabri, shuningdek, masjid deb taʼriflaganlarGraves of Sahaba – Istanbul, lekin ular ikkinchi arab qamalini bir avlod oldingi arablarning birinchi qamali bilan aralashtirib yuborishgan va masjid qurilishini taxminan 686-yilda qurilgan deb notoʻgʻri talqin qilishganCanard (1926), p. 99Hasluck (1929), pp 718–720Mordtmann (1986), p. 533.

1233-yilda toʻrtinchi salib yurishidan keyin barpo etilgan Konstantinopol Lotin imperiyasi (1204—1261) davrida ushbu cherkov Avliyo Paulga (San-Paolo) bagʻishlangan kichik ibodatxonaga aylantirilganThis date comes from a tombstone found in San Domenico (the only one anterior to 1325), and almost certainly brought here from the Chapel of San Paolo. Janin (1953), p. 599.

1299-yilda dominikanlik rohib Guillaume Bernard de Sévérac cherkov yaqinidan uy sotib olgan va u yerda 12 ta rohib bilan birgalikda monastir tashkil qilganThis was the lowest number of friars necessary to establish a regular monastery of the Order. Janin (1953), p. 599. 1307-yilda Vizantiya imperatori Andronikos II Palaiologos Konstantinopolda istiqomat qiluvchi dominikanliklarini Genuya Respublikasining chekka qismi – Peraga koʻchirganMüller-Wiener (1977), p. 79.

1325-yilda San-Paolo ibodatxonasining yaqinida yoki tepa qismida yangi, ancha kattaroq cherkov qurilganThis date comes from several contemporary documents and from dates inscribed on tombstones. Müller-Wiener (1977), p. 79. Shundan soʻng cherkov rasman San-Domenikoga bagʻishlanganEyice (1955), p. 102, biroq shunday boʻlsa-da, mahalliy aholi oʻzining qadimiy mazhabidan foydalanishda davom etganJanin (1953), p. 599. 1407-yilda Papa Gregory XII cherkovni saqlab qolishni taʼminlash maqsadida San-Paolo monastiriga tashrif buyuruvchilarga erkinlik beruvchi bir qancha qoidalarni qabul qilganJanin (1953), p. 600.

Usmonli imperiyasi davri Konstantinopol fathidan soʻng, Usmonli imperiyasi Genuya Respublikasiga taslim boʻlgan, buning natijasida oʻsha paytda turklar tomonidan „Mesa Domeniko“ nomi bilan tanilgan cherkov Respublika qoʻliga oʻtganThe Sultan required only the delivery of the bells. Mamboury (1953), p. 319, lekin 1475 va 1478-yillar orasida Usmonlilar imperiyasi sultoni Mehmed II Fotih tomonidan ushbu cherkovga kichik oʻzgartirishlar kiritilgan. Bir qancha qurilish ishlaridan soʻng bino masjidga aylantirilgan va Galata Camii (Galata masjidi) yoki Cami-i Kebir (Ulugʻ masjid) nomlari bilan mashhur boʻlgan. Cherkov masjidga aylantirilganidan keyin 1476-yilda rohiblar Galatadagi San-Pietro erkaklar monastriga, mehrobdagi barcha liboslar Genuyaga, arxivlar esa Feodosiyaga koʻchirilganJanin (1953), p. 600.

XV asrning oxirlarida Sulton Boyazid II masjidni ispan inkvizitsiyasidan qochib, Istanbulga koʻchib kelgan ispaniyalik musulmonlarga (moriskolar) topshiradi. Shu sababli ham masjidning hozirgi nomi Arap Camii (Arab masjidi) deb ataladiMüller-Wiener (1977), p. 79Janin (1953), p. 599. Sulton Mahmud III ham oʻz hukmronlik davrida binoni taʼmirlaganMüller-Wiener (1977), p. 80.

1731-yilgi Buyuk Galata olovidan soʻng, 1734—1735-yillarda Mahmud I ning onasi Soliha SultonShe also built the nearby Azapkapısı Fountain. Gülersoy (1976), p. 267 binoni taʼmirlab, gotika uslubida qurilgan deraza va portalni Usmonli uslubiga oʻzgartirganMüller-Wiener (1977), p. 80. 1808-yildagi navbatdagi yongʻindan soʻng, XIX asr oʻrtalarida Mahmud II ning qizi Adile Sulton masjidni yana taʼmirlagan va 1868-yilda hovlida shodirvon (namoz oʻqishdan oldin tahorat olish uchun buloq) qurdirganEyice (1955), p. 102.

1913—1919-yillarda Giridli Hasanbey binoni qayta tiklaganMüller-Wiener (1977), p. 80. Masjidning yogʻoch pollarini almashtirish vaqtida u yerdan XIV asrning birinchi yarmidan XV asrning oʻrtalariga qadar boʻlgan bir nechta Genuya qabr toshlari topilgan va ular Istanbul arxeologiya muzeyiga keltirilganMamboury (1953), p. 320.

2010-yillar boshida masjidda keng qamrovli taʼmirlash ishlari olib borilib, 2013-yilda masjid toʻliq qurib bitkazilgan. Masjidga 715-yilda asos solinganligi toʻgʻrisidagi notoʻgʻri yozuvlar ham restavratsiya doirasida binoning old qismiga yozib qoʻyilgan.

Tavsifi Arap masjidi oʻsha davrdagi italyan cherkovlari namunalari asosida bunyod etilganMüller-Wiener (1977), p. 79. Masjidning sharqiy qismi toʻrtburchak shaklda boʻlib, qoʻrgʻonlar bilan oʻralgan toʻrtburchak ziyoratgohga ega boʻlganEyice (1955), p. 102.

Gotika uslubida yaratilgan portal, lansetli derazalar va koʻzga koʻrinib turadigan qoʻngʻiroqli minora (konussimon tom qoʻshilishi bilan minoraga aylantirilgan) binoni shahardagi Vizantiya cherkovlaridan ajratib turadiMüller-Wiener (1977), p. 79.

Cherkovning uzun markaziy qismi yon tarafida bir qator ibodatxonalar yonma-yon joylashgan boʻlib, ularning har biri zodagon genuya oilasiga tegishli boʻlgan. Ulardan biri Bibi Maryamga, ikkinchisi esa Aziz Nikolayga bagʻishlanganMüller-Wiener (1977), p. 80. Umuman olganda, bino Italiyadagi Chieri va Finale Ligure cherkovlariga oʻxshab qurilganMamboury (1953), p. 319.

Masjidning yassi yogʻoch tom qismi va juda chiroyli uslubda ishlangan yogʻoch galereyalar 1913—1919-yillarda qayta tiklangan. Shu sababli bino balandligi qisqargan va u yerdan koʻplab genuya qabr toshlari topilganMüller-Wiener (1977), p. 80. Aynan shu restavratsiya ishlari paytida mehrob yonidan bir qancha rasm qoldiqlari ham topilgan, ammo ular yana qayta koʻmib tashlanganEyice (1955), p. 102.

Binoning shimoliy qismida shodirvonli katta va chiroyli hovli mavjud.

Bugungi kunda Arap masjidi Galatadagi eng katta masjid hisoblanadi. Shuningdek, bino gotika uslubida bunyod etilganligi hamda cherkov qoʻngʻirogʻiga ega ekanligi bilan ham shaharning eng qiziqarli masjidlardan biri hisoblanadi.

Galereya

Manbalar

Adabiyotlar