Abū Isʼḥoq Muḥammad ibn Horūn ar-Rashīd (; 796-yil oktyabr — 842-yil 5-yanvar), laqabi al-Muʿtaṣim biʾllāh (, bilan mashhur), sakkizinchi Abbosiy xalifa. 833-yildan 842-yil vafotiga qadar hokimiyatda boʻlgan. Xalifa Horun ar-Rashidning () kenja oʻgʻli. Asosan turkiy qul askarlardan (gʻilmon yoki gʻulom) tashkil topgan shaxsiy qoʻshin tuzib, shuhrat qozongan. Bu qoʻshin oʻgay akasi xalifa Maʼmun uchun foydali boʻldi. Maʼmun Muʼtasim va turk qoʻriqchi guruhidan davlatdagi boshqa kuchli manfaatdor guruhlarini muvozanatda saqlash uchun foydalandi. Shuningdek ulardan isyonchilar va Vizantiya imperiyasiga qarshi yurishlarda ham foydalangan. 833-yil avgustida yurish vaqtida Maʼmun kutilmaganda vafot etgach, Maʼmunning oʻgʻli Abbosning daʼvolaridan ustunlikka erisha olgan Muʼtasim xalifa boʻlish uchun qulay imkoniyatni qoʻlga kiritdi.
Muʼtasim akasining ko‘plab siyosatlarini davom ettirdi. Masalan, Abbosiylar nomidan Xuroson va Bag‘dodni boshqarayotgan Tohiriylar bilan hamkorlikni davom ettirdi. Muʼtasim kuchli qozi Ahmad ibn Abu Duvadning koʻmagi bilan moʻtazilizm haqidagi ratsionalistik islom taʼlimotini rivojlantirish va taʼlimot muxoliflarini inkvizitsiya (mihna) orqali taʼqib qilishni davom ettirdi. Shaxsan adabiy izlanishlarga qiziqmasa ham, Maʼmun davrida boshlangan ilmiy renessansni Moʻtasim ham qoʻllab-quvvatlagan. Boshqa ma'noda, uning hukmronligi islom tarixida harbiylar, xususan, turk qoʻshinlariga asoslangan yangi rejimning yaratilishi bilan oʻtgan davr hisoblanadi. 836-yilda Samarrada yangi rejim ramzi hamda poytaxtni Bagʻdodning notinch aholisidan uzoqlatish uchun yangi poytaxt barpo etildi. Xalifa hukumatining hokimiyati markazlashtirish chora-tadbirlari orqali amalga oshirildi. Bu esa viloyat noiblarining vakolatlarini Samarradagi kichik bir guruh yuqori martabali fuqaroviy va harbiy amaldorlar foydasiga qisqartirib, davlatning fiskal apparati turkiylar hukmronlik qilgan professional armiyani saqlashga tobora koʻproq yoʻnaltirila boshladi. Abbosiylar davlatining dastlabki davrida katta rol oʻynagan arab va eron elitalari tobora cheklanib bordi. 838-yilda Abbos foydasiga Muʼtasimga qarshi uyushtirilgan muvaffaqiyatsiz fitna ularning saflarini keng miqyosda tozalash uchun imkon yaratib berdi. Bu voqea turklar va ularning asosiy yoʻlboshchilari Ashinalar, Vosif, Itax va Bugʻalarning mavqeini mustahkamladi. Muʼtasim yaqinlarining yana bir koʻzga koʻringan aʼzosi, Osrushana shahzodasi Afshin saroyda oʻz dushmanlari bilan kelisha olmay, 840/1-yilda taxtdan agʻdarilib, oʻldirilgan. Turklarning yuksalishi oxir-oqibat „Samarradagi anarxiya“ kabi muammolarni yuzaga keltirib, 10-asr oʻrtalarida Abbosiylar hokimiyatining qulashiga olib keldi. Keyinchalik ham Muʼtasim asos solgan gʻulomga asoslangan tizim butun musulmon olamida keng qoʻllangan.
Muʼtasim hukmronlik davri tinimsiz urushlar bilan oʻtdi. Hukmronlik davrining ikki yirik ichki yurishi 835—837-yillarda Ozarbayjonda uzoq davom etgan va Afshin tomonidan bostirilgan Bobak Xurramdin boshchiligidagi Xurramiylar qoʻzgʻoloniga va Xuroson hukmdori Tohiriylar bilan toʻqnashgach, qoʻzgʻolon koʻtargan Mozandaron muxtoriyati hukmdori Mozyorga qarshi boʻlgan. Sarkardalari ichki qoʻzgʻolonlarga qarshi kurashga boshchilik qilgan boʻlsa, Muʼtasimning oʻzi 838-yilda Vizantiya imperiyasiga qarshi oʻsha davrdagi yagona yirik tashqi yurishni boshqargan. Xalifalik qoʻshinlari imperator Theophilosni magʻlub etib, Amoriy shahrini talon-taroj qilishdi. Amoriy yurishi keng miqyosda nishonlanib, xalifalik tashviqotining tamal toshiga aylandi. Shuningdek, mazkur yurish Muʼtasimning jangchi-xalifa sifatidagi obroʻsini ham mustahkamladi.
Yoshlik davri
thumb|right|upright=1.2|alt=Multi-color map of the Mediterranean and the Middle East, showing the phases of Muslim expansion to the 10th century|Johann Gustav Droysenning asaridan (1886) 7-8-asrlardagi musulmonlarning yurishlari, Umaviylar va Abbosiylar xalifaliklari davridagi musulmon dunyosining xaritasi.
Muʼtasim nomi bilan xalifalik qilgan Muhammad Bagʻdoddagi Xuld („Abadiyat“) saroyida tugʻilgan, aniq tugʻilgan sanasi nomaʼlum. Tarixchi Tabariy (839–923) maʼlumotlariga koʻra, uning tugʻilishi maʼmurlar tomonidan hijriy 180-yil (milodiy 796-yil oktyabr) yoki hijriy 179-yilda (milodiy 796-yil bahori yoki undan oldinroq) shaʼbon sanalarida yozilgan. Uning ota-onasi Abbosiylarning beshinchi xalifasi Horun ar-Rashid () va qul kanizak Marida binti Shabib () edi. Marida Kufada tugʻilgan, lekin uning oilasi Soʻgʻddan kelgan boʻlib, u odatda turkiy boʻlgan deb hisoblanadi.
Shahzodaning yoshlik davri Abbosiylar xalifaligining oltin davriga toʻgʻri keldi. Hukumatda hukmronlik qilgan qudratli Barmakiylar oilasining 803-yilda keskin qulashi oʻtgan oʻn yilliklarda hukumatning eng yuqori darajalarida siyosiy beqarorlikka ishora qildi. Shu bilan birga qiyinchilik bilan bostirilgan mahalliy qoʻzgʻolonlar sulolaning imperiya ustidan hukmronligi borasida ogohlantiruvchi signallar berdi. Shunga qaramay, Horun vafotidan keyin bir necha oʻn yilliklar ichida sodir boʻlgan nizo va boʻlinish bilan taqqoslaganda, Abbosiylar imperiyasi oʻzining yaxshi kunlarini boshdan kechirayotgan edi. Horun oʻz davri islom olamining katta qismini, sharqda Oʻrta Osiyo va Sinddan tortib, gʻarbda Magʻribgacha boʻlgan hududda bevosita hukmronlik qilgan. Tan Xitoyi va Hind okeanini Yevropa va Afrika bilan bogʻlaydigan jonli savdo tarmoqlari xalifalik orqali oʻtib, Bagʻdod bilan bogʻlanishi ham ulkan farovonlik manbai boʻldi. Viloyatlarning daromadlari xazinani toʻliq ushlab tura oldi. Bu Horunga Vizantiya imperiyasiga qarshi yirik harbiy ekspeditsiyalarni boshlash va kuchli diplomatiya bilan shugʻullanish imkonini berdi. Horunning elchilari hatto olis Buyuk Karl saroyiga ham yetib bordi. Mazkur boyliklar katta homiylik qilishga ham imkon berdi. Musulmonlarning muqaddas Makka va Madina shaharlariga xayriya vaqflari, saroyda din ulamolari va zohidlarning kutib olinishi kabi harakatlar diniy tabaqalarning sulolaga xayrixohligini taʼminladi, shoirlarga sarflangan mablagʻlar esa Horun uchun abadiy shon-shuhratni kafolatladi; xalifa saroyining ulugʻvorligi Ming bir kechaning dastlabki hikoyalari uchun ilhom manbai boʻlgan.
Maʼmun hukmronligi davridagi faoliyati
Voyaga yetgan Muhammad asosan Abu Isʼhoq kunyasi bilan atalgan. Tabariy voyaga yetgan Abu Isʼhoqni „qora soqolli, sochlarining uchi qizil, uchi to‘rtburchak, qizil chiziqli, ko‘zlari chiroyli“ deb ta’riflagan. Boshqa mualliflar uning jismoniy kuchi va jismoniy faoliyatga boʻlgan muhabbatini taʼkidlashgan. Bir hikoyada Amoriy yurishi paytida xachirga minib, qoʻshindan oldin borib, daryo boʻylab oʻtish joyini shaxsan qidirgani eslatib oʻtilgan. Shaxsiy fazilatlari bilan Muʼtasim oʻzidan oldingi va keyingi xalifalardan keskin farq qilgan. Keyingi mualliflar uning deyarli savodsiz boʻlganini yozadilar. Tarixchi Hugh Kennedy taʻkidlaganidek, bu holat „abbosiy shahzodasi uchun eng qiyin boʻlib“, va, ehtimol, uning intellektual faoliyatga qiziqishi yoʻqligini aks ettiradi.
Fuqarolik urushi davomidagi harakatlari
thumb|upright=1.2|alt=Obverse and reverse of gold coin with Arabic inscriptions|830/31-yil Misrda zarb qilingan Maʼmunning oltin dinori
Horunning kenja oʻgʻillaridan biri Abu Isʼhoq dastlab unchalik ahamiyatli boʻlmay, merosxoʻr ham boʻlmagan. 809-yilda Horun vafot etganidan koʻp oʻtmay, katta oʻgay akalar Amin () va Maʼmun () oʻrtasida shafqatsiz fuqarolar urushi boshlandi. Aminni Bagʻdoddagi anʼanaviy abbosiy elitasi (abna al-davla) qoʻllab-quvvatlangan boʻlsa, Maʼmunni esa abnoning boshqa guruhlari qoʻllab-quvvatlagan edi. Maʼmun 813-yilda Bagʻdodning uzoq qamaldan soʻng taslim boʻlishi va Aminning oʻlimi bilan gʻalaba qozondi. Islom olamining shimoli-sharqiy qismida joylashgan Xurosondagi oʻz qalʼasida qolishni xohlagan Maʼmun Iroqda hukmronlik qilish uchun oʻzining bosh leytenantlariga ruxsat berdi. Bu esa Bag‘doddagi Abbosiy elitasida ham, umuman xalifalikning g‘arbiy hududlarida ham Ma’mun va uning „fors“ leytenantlariga nisbatan antipatiya to‘lqiniga sabab bo‘lib, 817-yilda Horun ar-Rashidning ukasi Ibrohimning Bagʻdodda xalifaga qarshi nomzod sifatida ko‘rsatilishi bilan yakunlandi. Bu voqea Maʼmunning uzoqdan hukmronlik qilishga qodir emasligini koʻrsatib berdi. Xalq reaksiyasiga amal qilib, o‘zining eng yaqin leytenantlarini ishdan bo‘shatdi yoki qatl qildi. 819-yilda shaxsan Bag‘dodga qaytib, davlatni tiklashdek murakkab vazifani amalga oshira boshladi.
Butun mojaro va undan keyingi davrda Abu Isʼhoq Bag‘dodda boʻldi. Tabariy 816-yilda Abu Isʼhoq koʻplab lashkar va amaldorlar hamrohligidagi Haj ziyoratiga rahbarlik qilgani, ular orasida Yaman hokimligiga endigina tayinlangan va u yerga ketayotgan Hamdavayh ibn Ali ibn Iso ibn Mahon ham boʻlganini qayd etgan. Makkada boʻlganida uning qoʻshinlari ziyoratchilar karvonlariga hujum qilgan Alilar tarafdori rahbarini magʻlub etib, asirga oldilar. Muʼtasim keyingi yili ham haj ziyoratiga rahbarlik qilgan, ammo batafsil tafsilotlar maʼlum emas. Koʻrinib turibdiki, bu davrda Abu Isʼhoq Maʼmun va uning Iroqdagi noibi Hasan ibn Sahlga sodiq boʻlgan. Biroq, 817—819-yillarda Ibrohimning Maʼmunga qarshi harakatlarida sulolaning koʻplab aʼzolari va Bagʻdod abnosi kabi Muʼtasim ham amakisini qoʻllab-quvvatlagan.
Turk gvardiyasining shakllanishi
-yildan Abu Isʼhoq turk qoʻshinlaridan iborat korpus tuza boshladi. Korpusning dastlabki aʼzolari Bagʻdoddan sotib olingan uy qullari edi (taniqli general Itax asli oshpaz edi). Ularga urush sanʼati oʻrgatilgan. Tez orada korpus mahalliy Somoniy hukmdorlari bilan tuzilgan kelishuv asosida bevosita Oʻrta Osiyodagi musulmon dunyosining chekkalaridan yuborilgan turk qullari bilan toʻldirilgan. Ushbu shaxsiy qoʻshin kichik edi. Muʼtasim taxtga oʻtirgan vaqtda qoʻshinning umumiy soni uch-toʻrt ming orasida boʻlgan edi. Shunday boʻlsa-da, qoʻshinda yuqori tayyorgarlik va intizom mavjud edi. Ushbu qoʻshin Abu Isʼhoqni oʻziga xos qudratli odamga aylantirib, Maʼmun koʻproq yordam soʻrab ushbu qoʻshinga murojaat qila boshladi.
Uzoq davom etgan fuqarolar urushi ilk Abbosiylar davlatining ijtimoiy va siyosiy tuzumini buzdi. Ilk Abbosiylar davlatining asosiy siyosiy va harbiy ustuni boʻlgan abnaʼ al-davla fuqarolar urushi tufayli ancha zaiflashgan edi. Musulmonlar istilosi davridan buyon viloyatlarda abno bilan bir qatorda eski arab oilalari ham joylashgan edilar. Keng miqyosdagi Abbosiylar sulolasi aʼzolari anʼanaviy elitaning oʻzagini tashkil etib, asosan Aminni qoʻllab-quvvatladilar. Maʼmun hukmronligining qolgan davrida ular maʼmuriy va harbiy boshqaruvdagi oʻz mavqelarini va ular bilan birga oʻz taʼsiri va kuchini ham yoʻqotdilar. Bundan tashqari, xalifalikning sharqiy qismida va Iroqda fuqarolar urushi davom etar ekan, gʻarbiy viloyatlar bir qator qoʻzgʻolonlar matijasida Bagʻdod nazoratidan chiqib ketishdi. Natijada mahalliy kuchlar turli darajadagi muxtoriyatlar daʼvosi bilan chiqishdi yoki hatto xalifalikdan butunlay ajralib chiqishga harakat qilishdi. Garchi eski elitani agʻdargan boʻlsa-da, Maʼmunda yirik va sodiq kuch va armiya mavjud emas edi. Shuning uchun oʻz harbiy xizmatchilariga qoʻmondonlik qilayotgan „yangi odamlar“ga murojaat qildi. Bular Abdulloh ibn Tohir boshchiligidagi Tohiriylar va Maʼmunning ukasi Abu Isʼhoqlar edi. Abu Isʼhoqning turk korpusi Maʼmun uchun siyosiy jihatdan foydali boʻlib, ushbu qoʻshin fuqarolar urushida uni qoʻllab-quvvatlagan Tohiriylar kabi asosan sharqiy Eron rahbarlariga qaramlikni kamaytirishga harakat qilgan va yangi rejim davrida yuqori lavozimlarni egallagan. Ularning taʼsirini muvozanatlash uchun Maʼmun ukasi va uning turk korpusini rasman tan oldi. Xuddi shu sababdan Mashriqdagi (Levant va Iroq mintaqasi) arab qabilaviy yigʻimlarini oʻgʻli Abbos qoʻliga topshirdi.