Yevgeniy Maksimilianovich Romanovskiy, Leuchtenbergning 5-gersogi (1847-yil 8-fevral, Sankt-Peterburg – 1901-yil 31-avgust, Sankt-Peterburg) – Rossiya imperatorlik xonadoni aʼzosi (1852-yildan „Imperator Janobi Oliylari“ unvoni). Piyoda qoʻshinlar generali (1898-yildan), general-adyutant.
Biografiya 1847-yil 8-fevralda Buyuk knyagina Mariya Nikolayevna va Leuchtenberg gersogi Maksimilian oilasida tugʻilgan. Imperator Nikolay I va Jozephina Boharnaislarning nevarasi. Bobosi Eugene Boharnaisning sharafigashu ismni olgan. 1852-yil dekabrda imperator Nikolay I ning farmoni bilan imperator oliyligi va knyaz Romanovskiy unvonini olganЛейхтенбергский герцогский дом Энциклопедический словарь Брокгауза и Ефрона: т. XVIIa (1896): Ледье — Лопарев, с. 506—507.
Tugʻilgandan boshlab Preobrajensk va Ulan leyb-gvardiyalarining polklari roʻyxatiga, 1855-yilda esa imperator oilasining oʻqchi batalyoniga kiritilganСписок генералам по старшинству. СПб 1900 г.. Harbiy taʼlim olgan.
1867-yilda Ulan leyb-gvardiyasi polkining korneti lavozimiga koʻtarilgan. 1873-yilda Xivaga qarshi yurishda qatnashib, 1873-yil „…xivaliklarga qarshi 13, 15 va 17-iyuldagi harakatlarda koʻrsatgan aʼlo jasorati uchun“ 4-darajali Avliyo Georgiy ordeni bilan taqdirlangan. Shuningdek, oltin qilich bilan taqdirlangan, imperator Janobi Oliylarining adyutanti boʻlgan va Orenburg kazaklari armiyasiga qoʻshilgan.
1874-yilda polkovnik unvonini olgan va 5-Aleksandriya gusar polkiga qoʻmondonlik qila boshlagan (1877-yilgacha). Rossiya-Turkiya urushida qatnashgan. 1877-yilda Dunay armiyasining bosh qoʻmondoni ixtiyorida, soʻngra I. V. Gurko qoʻmondonligi ostidagi qoʻshinlar tarkibida xizmat qilganЛейхтенбергские // Большая российская энциклопедия / С. Л. Кравец. — М.: БРЭ, 2011. — Т. 17. — С. 190. — 783 с..
Xizmati uchun mulozimlar safiga oʻtkazilgan holda general-mayor unvoniga sazovor boʻlgan va qilich bilan birgalikdagi 3-darajali Avliyo Vladimir ordeni bilan taqdirlangan va Astraxan polkiga chaqirilgan. Harbiy harakatlar soʻngida 2-otliq qoʻshinlar diviziyasining 2 va 1-brigadalariga qoʻmondonlik qilgan. 1886-yildan – general-leytenantЕ. И. В. Кн. Романовский Герц. Лейхтенбергский Евгений Максимилианович // Список генералам по старшинству. Составлен по 1-е мая 1901 года. — СПб.: Военная типография, 1901. — С. 88.. 1888—1893-yillarda 37-piyoda qoʻshinlar diviziyasining boshligʻi boʻlgan. Keyinchalik gvardiya qoʻshinlari va Sankt-Peterburg harbiy okrugi bosh qoʻmondoni ixtiyorida boʻlgan. Sankt-Peterburgdagi Mariinskiy, Rumyantsev va Sergiyevkadagi Leuchtenberg saroylari egasi.
1901-yil 31-avgustda vafot etgan va Aleksandr Nevskiy monastirining Isidorovkoye cherkovi qabristoniga dafn qilingan. Manbalar
Turkum:1841-yilda tugʻilganlar Turkum:8-fevralda tugʻilganlar Turkum:1901-yilda vafot etganlar Turkum:31-avgustda vafot etganlar Turkum:Avliyo Vladimir ordeni sohiblari Turkum:1873-yilgi Xiva yurishi qatnashchilari Turkum:Turkiston yurishi qatnashchilari