„Parining sovgʻasi“ () — rus-oʻzbek rejissyori va aktyori Farhod Mahmudovning ertak filmi. Film „Vega“ kinokompaniyasi tomonidan Oʻzbekiston Kinematografiya agentligi buyurtmasi va Rossiya Federatsiyasi Madaniyat vazirligi ishtirokida 2022-yilda suratga olingan.

Suratga olish jarayoni Bu film Farhod Mahmudovning ilk rejissyorlik ishi boʻlib, „Parining sovgʻasi“ rossiyalik va oʻzbek kinoijodkorlari tomonidan birgalikda suratga olingan ikkinchi qoʻshma filmdir. Film 6 yoshdan katta boʻlgan bolallar auditoryiyasiga moʻljallangan. Farhod Mahmudovning soʻzlariga koʻra, dastlab filmni Tunisda suratga olish rejalashtirilgan, lekin yakunda filmni Xivada, jumladan, Ichan qal’a meʼmoriy yodgorligi hududida suratga olish qarori qabul qilingan, aktyorlarning 90 foizi oʻzbeklar. Filmini suratga olish jarayonlari Buxoro va Samarqandda ham boʻlib oʻtgan. Aktyorlarning aksariyati oʻzbek kinosi vakillari. Shuningdek, filmni suratga olishda bosh qahramonning otasi rolini Rossiyada xizmat koʻrsatgan artist Nikolay Dobrinin oʻynagan. Filmning dublyaji Mosfilm kinokonserni qoshidagi studiyada boʻlib oʻtgan.

Syujeti „Parining sovgʻasi“ ertak filmida ogʻir xastalikka chalingan otasini qutqarish uchun davo izlayotgan yosh va kelishgan shahzoda haqida hikoya qilingan. Safari chogʻida shahzoda juda koʻp turli sinov va sarguzashtlarga duch keladi, lekin shahzoda barchasini muvaffaqiyatli yengib oʻtib, oxirida nafaqat otasi va saltanatini qutqaradi, balki haqiqiy sevgisini ham topadi.

Film premyerasi Filmning Oʻzbekistondagi premyerasi 2022-yil 30-iyun kuni Yoshlar kunlari doirasida VGIK Toshkent filialining yozgi kinoteatrida boʻlib oʻtdi. Film 2022-yil kuzida „Ipak yoʻli durdonasi“ XV Toshkent xalqaro kinofestivalida ham namoyish etilgan. Jahon premyerasi 2023-yilga rejalashtirilgan.

Manbalar

Turkum:2022-yil filmlari Turkum:Oʻzbekiston filmlari Turkum:Rossiya filmlari