Ijjon – Xorazm vohasidagi qadimiy va mashhur ovqat turlaridan biri hisoblanadi. Ijjon taomi mol yoki qoʼy goʼshtini qiyma qilib, mehmonlarga asosiy ovqat oldidan tortiladi. Ijjon asosiy ovqat turi hisoblanmaydi. Ijjon dunyoda faqat Xorazm oshxonasida uchraydi.
Tarixi Ijjonning kelib chiqishi haqidagi farazlar va nazariyalar turlicha.
Tar-Tar va ijjon Oʻzbekiston Gastronomik turizmi asotsiatsiyasi 2020-yil 21-iyuldagi eʼlon qilgan postida Xorazm ijjoni va fransuz tar-tar ovqatlarini kelib chiqish tarixi solishtirilgan. Koʻrinishi jihatdan bir biriga oʻxshash ovqatlar, kelib chiqishi Fransiyada XVII asrga borib taqalsa, Xorazmda XVI asrga borib taqaladihttps://www.facebook.com/123150859076895/posts/326279135430732/. Muhammad Rahimxon II Muhammad Rahimxon II (Feruz) kunlarning birida oshqozon kasal boʻladi. Turli tabiblar Feruzni davolay olmaydi. Ammo polshalik tabiblar qoʻy goʻshtidan boʻlgan qiyma berishni tavsiya qiladi. Muhammad Rahimxon II a bu foyda beradi. Vaqtlar oʻtishi bilan bu taom Xorazm vohasiga moslashtiriladi. qiladilarhttps://www.youtube.com/watch?v=VW7o5U0m4LQ.
Zardushtiylik Ba'zi tadqiqotchilar fikricha, ijjon tarixi Feruzdan va Tar-Tardan ham uzoqroqqa, Islomdan oldingi Xorazm sivilizatsiyasiga borib taqalishini aytishadi. Bu davrda hududda Zardushtiylik keng tarqalgan din boʼlib, unga koʼra, insonni o'limidan keyin koʼmish, yoqish, suvga oqizish va shunga oʼxshash dafn marosimlarini oʼtkazish Zardushtiylikning muqaddas elementlari olov, suv, tuproq va havoni ifloslaydi deb ishonilgan. Shuning uchun ular insonlarni dafn qilishdan oldin, tepaliklarga, ochiq havoga qoʼyib qushlar va hayvonlar ularni goʼshtini yeb bitirishini kutishgan va soʼng quruq suyakning oʼzini dafn qilishan. Ammo bu marosim turli yuqumli va infeksion kasalliklar tarqatgan. Buni sezgan axoli ichidan bir guruh koʼngillilar ajralib chiqib, ular oʼzlarini "etjonchilar" ya'ni, "etni (goʼshtni) jondan ajratuvchilar" deb atashgan. Ular insonning oʼlimidan keyin, goʼshtini ajratib olib, kannibalizmga qoʼl urishgan. Garchi etjonchilar tez oʼtmay yoʼq boʼlib ketganiga qaramay, shunga oʼxshash urf odat, ya'ni ijjon, hayvonlar goʼshtini qiyma qilib, xom holatda yeyish saqlanib qoldi.
Manbalar