Anvarjon Hojimirzayev (; 21-oktyabr 1994-yil, Namangan viloyati) – Oʻzbekistonlik futbolchi, „Dinamo“ jamoasida yarim himoyachi pozitsiyasida oʻynaydi. Hozirda Dinamo jamoasini sardori hisoblanadi.

Futbolchilik faoliyati Anvarjon Hojimirzayev katta futboldagi futbolchilik faoliyati Namangan futbol maktabida boshlagan. 2020-yilgi mavsum oldidan Namanganning „Navbahor“ jamoasi safiga oʻtgan. 2020-yilgi mavsum ikkinchi davrasi oldidan „Neftchi“ jamoasi bilan shartnoma imzolagan.

2021-yilgi mavsumda „Neftchi“ jamoasidan „Qoʻqon 1912“ jamoasi safiga oʻtgan. 2023-yilgi mavsumda „Qoʻqon 1912“ jamoasi tarkibida Oʻzbekiston Pro ligasida 16 ta gol bilan mavsum toʻpurariga aylandi. 2024-yil yanvar oyida Samarqandning „Dinamo“ jamoasi bilan shartnoma imzolagan.

Anvarjon Hojimirzayev Oʻzbekiston Superligasining 2024-yilgi mavsumida „Dinamo“ safida ajoyib sermahsul oʻyin koʻrsatdi. Anvarjon 2024-yilgi mavsumda Superliga va Kubog oʻyinlarida jami 27 oʻyida maydonga tushib, jamoadoshi, asli ganalik boʻlgan Qirgʻiz Respublikasi terma jamoasi aʼzosi Joel Kojo bilan bir xil natija koʻrsatib 10 ta golga mualliflik qilgan va jamoasining toʻpurariga aylangan. Anvarjon Hojimirzayev 2024 – yil O‘zbekistonning eng yaxshi o‘yinchisi bo‘lishga da’vogarlar roʻyxatiga kirdi.

Hojimirzayev 2024-yilgi Superliga yakunlari boʻyicha UzPFL tomonidan „Yil kashfiyoti“ sovrinini qoʻlga kiritadi va Oʻzbekiston Superligasining „Yil ramziy jamoasi“ga kiradi. Mavsum yakunlangach Anvarjon Hojimirzayev „Dinamo“ jamosi bilan 2025-yil yakuniga qadar shartnoma imzolagan.

Klub statistikasi

+Klub, mavsum va musobaqalar boʻyicha koʻrinish va gollar Klub MavsumLiga Kubok Boshqa Osiyo/Yevropa NatijaDvizion Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar GollarKosonsoy2013O'zbekiston Pro ligasi2014O'zbekiston Pro ligasi2015O'zbekiston Pro ligasi2016O'zbekiston Pro ligasiXotira-792016O'zbekiston Pro ligasi2017O'zbekiston Pro ligasiIstiqlol (Farg'ona)2018O'zbekiston Pro ligasi2019O'zbekiston Pro ligasiNavbahor2020O'zbekiston Superligasi—————Neftchi2020O'zbekiston Pro ligasi140—10—150Jami140—10—150Qo'qon 19122021O'zbekiston Superligasi9110——1012022O'zbekiston Superligasi18231——2132023O'zbekiston Pro ligasi20163020—2516Jami47197120—5620Dinamo2024O'zbekiston Superligasi251030——28102025O'zbekiston Superligasi27951——32102026O'zbekiston Superligasi14934——1713Jami6628115——7733Umumiy faoliyat statistikasi1274718630—14853 Yutuqlar

Istiqlol Oʻzbekiston Pro ligasi ikkinchi oʻrin: 2019

Neftchi Oʻzbekiston Pro ligasi ikkinchi oʻrin: 2020

Qoʻqon 1912 Oʻzbekiston Pro ligasi uchinchi oʻrin: 2023

Shaxsiy Oʻzbekiston Pro ligasi toʻpurari (1): 2023 Manbalar

Havolalar Anvarjon Hojimirzayev Transfermarkt saytida futbolchi profili Anvarjon Hojimirzayev OʻzPFL saytida futbolchi profili

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Namangan viloyati kishilari Turkum:Oʻzbekistonlik erkak futbolchilari Turkum:Futboldagi erkak hujumchilar Turkum:Erkak futbol yarim himoyachilari Turkum:Kosonsoy klubi futbolchilari Turkum:Paxtakor-79 futbolchilari Turkum:Istiqlol Fargʻona klubi futbolchilari Turkum:Navbahor futbolchilari Turkum:Neftchi (Fargʻona) futbolchilari Turkum:Qoʻqon 1912 klubi futbolchilari Turkum:Dinamo Samarqand futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston Superligasi futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston Pro ligasi futbolchilari