Konsta (asl ismi: Abdullayev Sharifjon Shokir oʻgʻli; 1992-yil 9-sentyabr, Sirdaryo, Oʻzbekiston) – oʻzbekistonlik reper. Jamiyatdagi aksarihrga bagangan ótkir satirik musiqalari bilan omma orasida tanilgan.
Hayoti Konsta 1992-yil 9-sentyabrda Sirdaryo viloyati, Guliston shahrida tug'ilib ósgan. Onasi kóp tilni biladigan, oliy ma'lumotli, oqila ayol bólgani bois repper yoshlikdan yaxshi ta'lim oladi. Uning yoshlikdagi bilimlari asosan rua tilida bólgan. Bank ishi bóyicha kollejni tugatgach, oilasi bilan birga maʼlum vaqt Guliston shahridagi bozorda ishlab yurgan. Bozor hokim buyruği bilan yopilgach Abdullayev 2012-yili onasi ortidan Rossiyaga mehnat muhojiri sifatida ketishga majbur bóladi. .
Ijodi Abdullayev ilk bor 2011-yildan boshlab qoʻshiq yozishni boshlagan. Moskvada ishlab yurgan vaqtlarda Sentr, Guf va Ptaha kabi reperlarga qarashli studiyada ishlovchi xorazmlik yigit orqali oʻz qoʻshiqlarini yozdirgan.
2012—2013-yillarda „Koʻchalar guvoh“ qoʻshigʻi orqali oʻz shahrida tanilgan. „Gulim“ taronasi ortidan ancha mashhurlikka erishgan. Bloger Timur Alixonov bilan birga kuylagan „Boy“ treki esa ijodida keskin burilish yasagan. „Ertasi yoʻq“, „Oʻzbegim“, „Utopiya“, „Chumoli“, „Odamlar ucha olar“, „Biz yoʻq joyda“, „Odamlar nima deydi“ kabi jamiyatdagi muammolarga qaratilgan qoʻshiqlar kuylagan. 2022-yil 31-mart kuni Zarafshon konsert zalida birinchi konsertini bergan. Ijodida asosan oʻzbek mehnat muhojirining hayoti va muammolariga eʼtibor qaratib keladi.
2023-yil 18-aprel kuni Konsta ijrosidagi „Oʻzbekistonlik“ filmi uchun kuylangan saundtrek klipi YouTube platformasiga joylangan. Klip bir kun ichida 100 000 marta tomosha qilingan. Konsta tomonidan kuylangan „Havo“ nomli qoʻshiq hamda klipda Toshkent shahri ob-havosining buzilishi, shuningdek, ekologik inqiroz bilan bogʻliq jarayonlar ochib berilgan. Konsta 2023-yil 9-sentyabr kuni „Kulrang“ albomidagi „Jonga tegdi“ qoʻshigʻiga olinga klipini eʼlon qildi. Bu qoʻshigʻi orqali Konsta bir xil qolipga tushib qolgan televideniye va sanʼat haqida kuylagan.
Albomlari +NomiChiqarilgan yiliAlbomda joy olgan qoʻshiqlarAlximik2020-yil Santa Chekish oʻldiradi (Abbose bilan duet) Umr oʻtar Jinnixona Uchaman Moʻjizalar Qayiq (SherAmigo bilan duet) Layli (Dilnoz bilan duet) IzladimBiz yoʻq joyda2021-yil Utopiya Biz yoʻq joyda Dushman Orzularing qani Odamlar ucha olar Asragin Oʻzinga ishon Million Hamma narsamInson2022-yil Oson Nafs Odamman Osmondagi oyim Bitta soʻz Just be inson Odam boʻlish OdamchaKulrang2025-yil Kulrang Oʻtkinchi Sengacha Sevgini izlang Diplom Gulistonim Havotir olmang No shukur Samoga qaragin Saxiy Xaloyiq Oq Qora Mayli de Jonga tegdiQiymat2025-yil Qop-qora Gap senda Dunyo Nikoh Xoʻja koʻrsinga Qorincha Ismim Sharif Xit Lekin Halovat (Boriy bilan duet) Hech kim yoʻq Zolim (Boriy bilan duet) Oilaviy raqs Qizim Uy (Alinur bilan duet) Vazifa Orzu qilaman
Manbalar
Havolalar
Rasmiy sayt Konsta Spotify saytida
Turkum:Oʻzbekistonlik erkak qoʻshiqchilar Turkum:9-sentyabrda tugʻilganlar Turkum:1992-yilda tugʻilganlar Turkum:Guliston shahrida tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha qoʻshiqchilar