Turkiya Ayollar Milliy Voleybol Terma jamoasi Turkiya voleybol federatsiyasi tomonidan boshqariladi va xalqaro musobaqalarda Turkiya sharafini himoya qiladi. 2023-yil 16-iyul holatiga ko‘ra terma jamoa FIVB jahon reytingida birinchi o‘rinni egallagan.
2003-yilda ayollar voleybol bo‘yicha Yevropa chempionatida 2-o‘rinni egalladi va o‘shandan buyon jamoa Turkiyada "Tarmoq Sultonlari" deb ataladi. Bu nom jamoaga chempionatni yoritgan TRT telekanali xodimlari tomonidan berilgan.
Jamoa 2011-yil ayollar o‘rtasida voleybol bo‘yicha Yevropa chempionatida 3-o‘rinni egallagan, 2015-2023-yillarda ketma-ket 5 marta yarim final yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan, 2015-yil 4-o‘rinni, 2017-yilda 3-o‘rinni, 2019-yilda 2-o‘rinni, 2021-yilda 3-o‘rinni va 2023-yilda 3-o‘rinni egallagan.
Tarmoq Sultonlari 2023-yilda jami 3 ta kubokni qo‘lga kiritdi. Bular Millatlar ligasi chempionati kubogi, Yevropa chempionati kubogi va Jahon chempionati kuboklaridir. Tarmoq Sultonlari mamlakat terma jamoalari o‘rtasidagi eng yaxshi natija qayd etgan. thumb|378x378px|2009-yilgi Yevropa Chempionatidan
Tarixi
Turkiya ayollar terma jamoasi birinchi xalqaro o‘yinini 1957-yil Xalqaro Istanbul turnirida boshlagan. Jamoa birinchi g‘alabasini 1961-yil 22-iyulda G‘arbiy Germaniyaga qarshi o‘yinda 3:2 hisobida qo‘lga kiritgan.
1963-yil Ruminiyada bo‘lib o‘tgan Yevropa chempionati milliy terma jamoa uchun birinchi Yevropa chempionati edi. Ular bu musobaqada qatnashgan 13 ta jamoa o‘rtasida 10- o‘rinni egallagan.
Navbatdagi chempionat 1967-yil Turkiyada bo‘lib o‘tgan. Ushbu musobaqada 15 ta jamoa qatnashadi va ular orasida Turkiya terma jamoasi 12-o‘rinni egallagan. Jamoaning birinchi g‘alabasi 2003-yil Turkiyada bo‘lib o‘tgan Yevropa ayollar voleyboli chempionatida ikkinchi o‘rinni egallashi bo‘lgan.
Turkiya milliy terma jamoasi 2006-yili ilk bor Jahon chempionatida qatnashgan va chempionatni 10-o‘rinda yakunlagan. Ushbu chempionat Yaponiyada bo‘lgan edi. Bu o‘yinda Italiya bilan bellashgan Turkiya terma jamoasi Mustafo Kamol Otaturkga hurmat bajo keltirish uchun taym-aut oldi va bu ishi bilan tarixga kirgan.
Jamoa ilk bor 2008-yilda FIVB Jahon Gran-pri chempionatida ishtirok etib 7-o‘rinni egallagan. 2010-yilda jamoa o‘z tarixidagi eng yuqori natijaga erishgan holda Jahon chempionatini 6-o‘rinda yakunlagan.
Terma jamoa 10-marta qatnashgan 2011-yilgi Yevropa voleybol chempionatida 3-o‘rinni egallagan. 2012-yilda Xitoydagi Gran-prida bronza medalini qo‘lga kiritishgan.
2017-yilda Ayollar voleyboli bo‘yicha Yevropa chempionatida uchinchi, 2019-yilda esa ikkinchi bo‘lgan. Turkiya Milliy terma jamoasi 2020-yilgi Olimpiadada yana qatnashish imkoniyatiga ega bo‘ldi. 2020-yilgi Tokio Olimpiadasida jamoa chorak finalda imkoniyatni Janubiy Koreyaga imkoniyatni boy berib, 5-o‘rinni egallagan.
2023-yilda AQShning Texas shtati Arlington shahrida bo‘lib o‘tgan Millatlar ligasi final o‘yinida Xitoyni 3:1 hisobida mag‘lub etib ilk bor Millatlar Ligasi chempioniga aylandi. Tashqi havolalar
TVF Resmi Web Sitesi CEV Resmi Web Sitesi, «2009 Avrupa Şampiyonası Türk Millî Takımı Fotoğrafı-1» Manbalar