Sergey Petrovich Zirchenko (1964-yil 28-noyabr, Ashxobod – 2007-yil 2-dekabr, Odessa) – sovet va ukrainalik futbolchi, yarim himoyachi ampulasida harakat qiladi. SSSR sport ustasi (1987).

Hayoti Sergey Zirchenko 1964-yil 28-noyabrda Turkmanistonning Ashxobod shahrida tugʻilgan. Zirchenko faoliyatini Oʻzbekistonning "Narimanovets" (1982—1983-yilgi mavsum) va "Zvezda Jizzax" (1983—1985-yilgi mavsum) klublarida boshlagan. "Zvezda Jizzax" klubida 78 oʻyinda 14 ta gol urgan. 1986—1989-yillarda u Odessaning „Chernomorets“ jamoasida oʻynagan. Odessaning „Chernomorets“ jamoasida umumiy 71 oʻyinda 8 ta gol, Oliy ligada esa 31 ta oʻyin oʻtkazib, 1 ta gol urgan. Keyinchalik „Kolos Nikopol“ jamoasida (1990) oʻynagan. „Kolos Nikopol“ jamoasidagi faoliyati davomida 34 oʻyinda 6 ta gol urgan. 1991-yilgi SSSR chempionatida Tiraspolning „Tiligul“ jamoasi tarkibida kumush medallarni qoʻlga kiritgan. „Tiligul“ jamoasi Ittifoq chempionatining birinchi ligasida ikkinchi oʻrinni egallaydi va oʻz tarixida birinchi marta oliy ligaga chiqish huquqini qoʻlga kiritadi. Biroq, u Sovet ittifoqining parchalanishi va ittifoq chempionatining tugatilishi sababli SSSR chempionatining yuqori divizionida oʻynamagan. Sergey Zirchenko 1992-yilda Chernomoretsga qaytdi. Keyinchalik Rossiyaga koʻchib oʻtdi va u yerda 1992—1993-yilgi mavsumni „Terek“ safida, 1994-yilgi mavsumni „Erza“ klubi safida va 1995-yilgi mavsumni "Zenit" (Sankt-Peterburg) klubi safida oʻtkazdi. Sergey Zirchenko "Zenit" (Sankt-Peterburg)da futbolchilik faoliyatini yakunlagan.

Sergey Zirchenko 2007-yil 2-dekabrda Odessada vafot etdi.

Yutuqlari Sergey Zirchenko 1992-yilgi Ukraina kubogi gʻolibi hisoblanadi.

Manbalar

Havolalar Профиль на сайте zenit-history.ru Turkum:1964-yilda tugʻilganlar Turkum:28-noyabrda tugʻilganlar Turkum:Ashxobodda tugʻilganlar Turkum:2007-yilda vafot etganlar Turkum:2-dekabrda vafot etganlar Turkum:SSSR sport ustasi Turkum:Ukrainalik erkak futbolchilar Turkum:SSSR erkak futbolchilari Turkum:Soʻgʻdiyona Jizzax futbolchilari Turkum:Paxtakor jamoasi futbolchilari Turkum:Narimanovets klubi futbolchilari