Avangard (; Ilgari Objekt 4202, Yu-71 va Yu-74 nomlari bilan tanilgan) Rossiyaning gipertovushli uchuvchi vositasi hisoblanadi (HGV). U ham yadroviy ham oddiy kallaklarni nishongacha yetkazib bera oladi.
Tarixi Vladimir Putinning soʻzlariga koʻra, AQShning 2002-yildagi ABM shartnomasidan chiqishi Rossiyani gipertovushli qurollarni ishlab chiqarishni boshlashga majbur qildi: „Biz AQShning strategik raketaga qarshi mudofaa tizimini joylashtirganiga javoban ushbu gipertovushli qurollarni yaratishga majbur boʻldik“ degan. 2007-yilda AQShning Yevropada ballistik raketalarga qarshi mudofaa tizimini joylashtirish rejalari haqida soʻralganda, Putin „Rossiya gipertovush tezligida uchadigan hamda balandlik va traektoriyani ham oʻzgartirishga qodir boʻlgan mutlaqo boshqa turdagi strategik qurol tizimlarini ishlab chiqayotganini“ taʼkidlagan.
Avangard (oʻsha paytlari Yu-71 va Yu-74 deb nomlangan) 2015-yil fevralidan 2016-yil iyunigacha Orenburg viloyati Dombarovskiy aviabazasida sinovlardan oʻtkazilgan.
2016-yil oktyabr oyida Dombarovskiy havo bazasidan uchirilgan R-36M2 ogʻir ICBM yordamida navbatdagi parvoz sinovi oʻtkazilgan va Kura raketa sinov poligonidagi nishonni muvaffaqiyatli urgan.
2018-yil 1-mart kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Moskvada Federal Majlisga prezidentlik murojaatida qurolni sinovdan oʻtkazish tugallanganini va u seriyali ishlab chiqarishga oʻtganini maʼlum qilgan. Buni Strategik Raketa Kuchlari qoʻmondoni, general-polkovnik ham tasdiqlagan.
Rossiya Mudofaa vazirligi matbuot xizmati/ TASS xabariga koʻra, 2019-yilning 24–26-noyabr kunlari Yangi START shartnomasi tartib-qoidalariga muvofiq, gipertovushli uchuvchi vositaga ega "Avangard" raketa tizimi AQSh inspeksiya guruhiga namoyish etilgan. right|thumb| Avangard HGV ning uchirilishi Dombarovskiy havo bazasi, 2018-yil 26-dekabr2019-yil 27-dekabrda Avangard HGV bilan qurollangan birinchi raketa polki rasman jangovar xizmatga kirishgan.
2020-yil 19-sentabrda „Mashinostroyenia“ NPOning fan boʻyicha maslahatchisi Gerbert Efremov „Avangard“ ni rivojlanishiga qoʻshgan xissasi uchun Avliyo Endryu ordeni bilan taqdirlangan.
Dizayni Avangart anʼanaviy ballistik raketalardan pastroq balandliklarda manevr qilish va harakat qilish qobiliyati bilan farq qiladi. Manevrlik va yuqori tezlikning kombinatsiyasi anʼanaviy raketalarga qarshi mudofaa tizimlari uchun jiddiy qiyinchiliklar tugʻdiradi.
Janeʼs (harbiy, milliy xavfsizlik, aerokosmik va transport mavzulariga ixtisoslashgan global ochiq manba razvedkasi) tomonidan ochiq manba tahliliga koʻra, Avangard mustaqil harakatlanish tizimiga ega boʻlmagan raketa tizimidir.
Avangardning yuqori tezligi unga yengilroq subsonik qanotli raketalarga qaraganda ancha yaxshi nishonga borish xususiyatlarini beradi. Avangardning ogʻirligi 2000 kgga yaqin va 20-27 Mach tezlikda harakatlanadi, bu esa kinetik energiyada 21 tonna TNT ekvivalentini hosil qiladiCould Russiaʼs Hypersonic Avangard ICBM Really Travel At 20-Times The Speed Of Sound?.
Manbalar
Turkum:Rossiyaning yadro qurollari Turkum:Gipertovushli uchuvchi qurilmalar