Nesterovskiy tumani — Rossiyaning Kaliningrad viloyatidagi maʼmuriy-hududiy birlik hisoblanadiLaw #463. Nesterovskiy tumani munitsipal hudud sifatida Nesterovskiy munitsipal tumani tarkibiga kiritilganLaw #258. Tuman aholisi 16213 nafar (2010-yil), 17250 nafar (2002-yil), 15181 nafar (1989-yil) boʻlgan. Nesterov aholisi tumanning umumiy aholisining 28,3% ni tashkil qiladi.

Tarixi Hozirgi Nesterov tumani (munitsipal okrugi) qadimgi Prussiyaning ikkita tarixiy viloyati: Nadroviya (okrugning shimoli-gʻarbiy yarmi) va Sudaviya (okrugning janubi-Sharqiy yarmi) hududining bir qismida joylashgan.

Tuman 1946-yil 7-aprelda Konygsberg viloyati tarkibida Stallupenenskiy tumani sifatida tashkil etilgan. 1946-yil 7-sentabrda Kaliningrad viloyatining Nesterov tumani deb qayta nomlandi.

2004-yilda munitsipal tuman shahar okrugi sifatida qayta tashkil etilgan.

2008-yilda shahar okrugi munitsipal tumanga aylantirilgan.

2018-yilda munitsipal tuman yana shahar okrugiga aylantirilgan.

2022-yilda shahar okrugi munitsipal okrugga aylantirilgan. Geograsiyasi Nesterovskiy tumani Kaliningrad viloyatining janubi-sharqida joylashgan boʻlib sharqda Litva va janubda Polsha bilan chegaradosh. Shimolida esa Krasnoznamenskiy va gʻarbda viloyatning Gusev va Ozyor tumanlari bilan chegaradosh.

Tumanning maydoni 1062 km². Uning maʼmuriy markazi Nesterov shahridir. Umumiy maydonlarning 63 foizi yoki 66,9 ming gektari qishloq xoʻjaligi uchun yer maydoni hisoblanadiva qolgan 28,1 ming gektari oʻrmon va 2,5 ming gektari suv fondlar uchun ajratilganResolution #639.

Nesterovdagi Kaliningraddan Moskvagacha boʻlgan chegara hududida Litva bilan chegaraviy temir yoʻl stantsiyasi mavjud. Chernishevskoyeda Kaliningradni Moskva bilan bogʻlaydigan asosiy yoʻlda muhim chegara oʻtish punkti joylashgan.

Maʼmuriy boʻlinish 2010-2019-yillarda Nesterov maʼmuriy tumani tarkibiga: 3 ta qishloq okruglari Ilyushinskiy, Shahar atrofi, Chistoprudnenskiy; Bitta shahar Nesterov

Munitsipal-hududiy tuzilma 2006-2018-yillarda Nesterov munitsipal tumani tarkibiga 4 ta munitsipal tuzilma, shu jumladan 1 ta shahar va 3 ta qishloq aholi punktlari kirgan.

Aholi punktlari Nesterov tumanida (munitsipal okrug) 54 ta aholi punkti mavjud.

Mahalliy hukumat Maʼmuriyat rahbarlari 2023-yilgacha Eduard Vladimirovich Starkov 2023-yildan (vaqtinchalik) Yelena Anatolievna Ivankina Tuman rahbarlari Vladimir Vladimirovich Sudiyan

Iqtisodiyoti Tuman iqtisodiyotning asosiy tarmogʻi qishloq xoʻjaligi va qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlashdir. Hozirda Nesterovda torf korxonasi faoliyat koʻrsatmoqda Krome togo imeyutsya predpriyatiya: OOO „Nesterovskiy xlebozavod“, OOO „Nesterovskiy modul“, OOO" Avtosil", litovskoe predpriyatie OOO firma „Myarkis“, OOO „Kalininskiy xleb“. Uzkokoleynaya jeleznaya doroga Nesterovskogo torfopredpriyatiya – S. Bolashenko.

Manbalar

Turkum:Rossiya shaharlari