Thorvald Erichsen (; 1868-yil 18-iyul, Trondxaym, Norvegiya – 1939-yil 23-dekabr, Oslo, Norvegiya) – norvegiyalik postimpressionist rassom. Biografiyasi Thorvald Erichsen 1868-yil 18-iyulda Trondxaymda tugʻilgan. Otasi qandolatchi boʻlgan boʻli, u Erichsen juda yoshligida vafot etgan. Dastlab Erichsen pianinochi boʻlishni xohlaydi, lekin 1886-yilda rassom huquq fakultetida oʻqishni boshlaydi, keyinchalik Knud Bergslien rassomlik maktabiga oʻqishga kirish uchun oʻqishni toʻxtatadi va u yerda dekorativ va amaliy sanʼat yoʻnalishida tahsil oladi. 1890-yillarda qishni Italiya va Fransiyada, yozni Norvegiyada oʻtkazgan. Parijda Thorvald Pierre Bonnard bilan uchrashdi va undan postimpressionizmni oʻzlashtirgan. Rassom sifatidagi debyuti 1891-yilda „Høststemning“ () surati boʻlgan. 1892-yilda rassom Kopengagenga koʻchib oʻtadi va bu yerda uning badiiy rivojlanishiga katta taʼsir koʻrsatgan Kristian Zahrtmannga shogirdlikka tushadi. Daniyada boʻlganida rassom Daniya sivmolizm jamiyati bilan yaqin aloqalar oʻrnatadi. Norvegiyada asosan hamkasbi Erik Werenskiold bilan muloqot qilgan. 1900-yilda rassomning uslubi tubdan oʻzgarib, naturalistik yondashuvdan rang va shaklga urgʻu bera boshlaydi, doʻsti Oluf Wold-Torne bilan birga zamonaviy Norvegiya rassomchiligining yetakchilaridan biriga aylanishdi. Bu davrdagi eng mashhur asarlar Telemark atrofidagi bir nechta nyu va peyzaj janriga oid boʻlgan. 1907-yilgacha Germaniya va Skandinaviya mamlakatlarida koʻrgazmalar oʻtkazdi, buning natijasida uning rasmlari Milliy galereya, shuningdek, Rasmus Meyer, Ernest Thiel va Shvetsiya shahzodasi Eugen kabi kolleksionerlar tomonidan sotib olingan. 1907—1910-yillar oraligʻida Vestre Gausdalda yashab, u yerda koʻproq qish mavsumiga oid peyzajlarni yaratgan. Rassom Lillehammerda uzoq vaqt yashagani uchun uning soʻnggi ishlari shu yerdagi qishloqlarning suratlariga oid boʻlgan. Garchi rassom yolgʻiz holda yashagan boʻlsa-da, uning rasmlari mashhur boʻlgan boʻlib, butun Yevropada sotilgan. 1929-yilda Barselonadagi Butunjahon koʻrgazmasida oltin medal bilan taqdirlangan. 1930-yilda rassom har yili beriladigan rassomlar stipendiyasi bilan taqdirlangan. Erichsen 1939-yilda Osloda leykemiyadan vafot etgan.
Galereya
Manbalar
Turkum:Rassomlar Turkum:18-iyulda tugʻilganlar Turkum:1868-yilda tugʻilganlar Turkum:23-dekabrda tugʻilganlar Turkum:1939-yilda tugʻilganlar