Cormac McCarthy(toʻliq ismi Charles Joseph McCarthy) – amerikalik yozuvchi. Yozuvchi oʻn ikkita roman, ikkita pyesa, beshta ssenariy va uchta qisqa hikoyalar muallifidir. McCarthy Amerikaning eng buyuk yozuvchilaridan biri sifatida ham tanilgan. Hayoti va ijodi Charles Joseph McCarthy 1933-yilling 20-iyulida Rod-Aylendning Providens shahrida tugʻilgan. Uning onasining ismi Gladys Christina McGrail, otasining ismi esa Charles Joseph McCarthy edi. Ular oilada olti farzand boʻlgan. McCarthy Mary’s Parochial maktabi va Noksvill oʻrta maktabida tahsil oladi.1951-yilda esa Tennessi universitetida sanʼat yoʻnalishida oʻqishni boshlaydi. Professor undan XVIII-asr insholar toʻplamini darslikka qoʻshish uchun uni qayta tiklashni soʻraganidan soʻng McCarthy yozishga qiziqib qoladi.1953-yilda u kollejni tark etib,AQSh havo kuchlariga qoʻshiladi.1957-yilda esa yana kollejga qaytib keladi va u yerda ingliz tilini oʻrganadi va talabalarning „The Phoenix“ adabiy jurnalida „Wake for Susan“ va „A Drowning Incident“ nomli ikkita hikoyasini nashr etadi.1959–1960-yillarda Ingram-Merrill mukofotini qoʻlga kiritadi.1965-yilda McCarthyning birinchi romani „The Orchard Keeper“ nashr qilinadi.1966-yilda birinchi romani uchun Uilyam Folkner jamgʻarmasi mukofotiga sazovor boʻladi. Keyinchalik 1974-yilda PBS xodimi Richard Pearce McCarthy bilan bogʻlanib, undan „Visions“ teleseriali epizodi uchun ssenariy yozishni soʻraydi. Oradan ikki yil oʻtib, 1976-yilda ssenariyni yozib tugatadi va „The Gardener’s Son“ deb nomlangan epizod 1977-yilning 6-yanvarida namoyish etiladi. Shuningdek bu teleserial xorijdagi koʻplab kinofestivallarda namoyish etiladi. Epizod 1977-yilda ikkita Primetime Emmy mukofotiga nomzod boʻladi. Cormac McCarthy 2023-yilning 13-iyun kuni Santa-Fedagi uyida 89 yoshida vafot etadi.
Asarlari
The Orchard Keeper(1965) Outer Dark (1968) Child of God (1973) Suttree (1979) Blood Meridian or The Evening Redness in the West(1985) All the Pretty Horses (1992) The Crossing (1994) Cities of the Plain (1998) No Country for Old Men (2005) The Road (2006) The Passenger (2022) Stella Maris (2022) Mukofotlari Pulitzer Prize for Fiction(2007) MacArthur Fellowship(1981) National Book Award for Fiction(1992) Guggenheim Fellowship for Creative Arts, US & Canada(1969) National Book Critics Circle Award for Fiction(1992) Tähtivaeltaja Award(2009) James Tait Black Memorial Prize – Fiction(2006) Quill Award for General fiction(2007) Manbalar
Turkum:Alifbo boʻyicha yozuvchilar Turkum:Amerikaliklar