Google Chat – Google kompanyasi tomonidan ishlab chiqarilgan aloqa vositasi. Aloqa vositasi dastlab foydalanuvchilari maaa miva biznes vakillari uchun ishlab chiqilgan boʻlsa, keyincha bulik u barcha isteʼmolchilar uchun taqdim etildi. Ilova foydalanuvchilarga toʻgʻridan-toʻgʻri xabarlar yuborish, guruh suhbatlari va shaxsiy chatlar xizmatini taqdim etadi. Bu esa foydalanuvchilarga chatdan tashqari, umumiy guruhlarda vazifalar yaratish, belgilash va fayllarni almashish imkonini beradi. Google Chatga oʻz veb-sayti, ilovasi, Gmail veb-sayti yoki ilovasi orqali kirish mumkin.
Google Chat ilk bor 2017-yil 9-martda Google Hangouts oʻrnini bosuvchi ikkita ilovadan biri sifatida ishga tushirilgan. Ikkinchisi ilova esa Google Meet deb nomlangan. 2020-yil 9-aprelda uning nomi Google Chat deb oʻzgartirildi. U avvaliga faqat Google Workspace mijozlari uchun mavjud edi. 2021-yilning fevral oyidan boshlab Google Chatni oddiy isteʼmolchilar ham foydalana boshladi.
Tarixi right|thumb|174x174px| Google Chat logotipi.2017-yildan 2020-yil oktyabrigacha ishlatilgan Google Chat birinchi marta 2017-yil 9-martda Google Workspace (2020-yil oktabrgacha G Suite deb ataladi) mijozlari uchun faqat Google Hangouts oʻrnini bosuvchi ilova Chat sifatida ishga tushirildi.
2020-yil 9-aprelda Google Hangouts Chatni Google Chatga oʻzgartirdi. Ushbu rebrendingdan soʻng Hangouts brendi Google Workspaceʼdan olib tashlanadi.
Xavfsizlik Chat boʻlimida boshqa odamlar bilan toʻgʻridan-toʻgʻri suhbatlar va guruh suhbatlari mavjud.
2022-yilning may oyida Google Chat foydalanuvchilarni shaxsiy akkauntlardan kelib chiqadigan potentsial fishing va zararli dastur hujumlaridan ogohlantiruvchi bannerlar chiqa boshladi. Google Chat uchun ushbu xujum foydalanuvchilar uchun fishing va xavfsizlik buzilishining oldini olishga qaratilgan soʻnggi urinish boʻldi.
Xususiyatlari haqida qisqacha Inline mavzuni yozish Bir nechta soʻzlar orqali qidirish Foydalanuvchi ochiq qoʻygan maʼlumotlarni koʻrish Fayl almashish Fayl yuborish Yonma-yon hujjat va chat koʻrinishi Tadbirlar taqvimini yaratish Onlayn foydalanuvchilarni koʻrsatish Chatlarni qulflash Video konferentsiya Maxsus kulgichlar Tezkor javoblar
Manbalar
Turkum:Kross-platformali dasturlar