Xokkaydoning Kamikava subprefekturasidagi shahar.

2016-yil sentyabr holatiga koʻra, shaharning taxminiy aholisi 28373 kishini tashkil etadi va aholi zichligi 53 kishi/km2 (140 kishi/kv.m.). Umumiy maydoni .

2006-yil 27-martda Nayoro Furen shahri bilan birlashtirilgan.

Tarixi 1909-yil: Kaminayoro qishlogʻiga asos solingan. 1915: Kaminayoro qishlogʻi Nayoro shaharchasiga aylandi. 1920: Chiebun qishlogʻi Shimonayoro qishlogʻidan ajralib chiqdi. 1924: Shimokava qishlogʻi Nayoro shahrchasidan ajratildi. 1954:Chiebun qishlogʻi Nayoro shaharchasiga qoʻshildi. 1956: Nayoroga shahar maqomi berildi. 2006: Furen shaxarchasi Nayoro shahri bilan birlashtiridi.

Sanoati Nayoroning asosiy sanoati qishloq xoʻjaligidir. Kunduzgi va tungi harorat oʻrtasidagi katta farq, yozda 30 °C dan yuqori issiqlik va salqin tunlar hosil miqdorini oshiradi va zararli hasharotlar sonini kamaytiradi. Pestidsidlar kam ishlatilgani natijasida, hosil sifati ham oshadi. Nayoro Yaponiyada glyutenli guruch (mochi-gome) ishlab chiqarish miqdorida eng yuqori oʻrinda turadi. Yana bir muhim ekinlardan biri kungaboqardir. U asosan kungaboqar yogʻi ishlab chiqarish uchun ishlatiladi. Hozirda Nayoro dalalarining 60 gektarida kungaboqarning turli navlari ekilmoqda.

Taʼlim

Universitetlar Nayoro Shahri Universiteti

Kollejlar Nayoro Shahri Universiteti qoshidagi kollej

Yuqori maktablar Xokkaydo Nayoro yuqori maktabi Xokkaydo Nayoro sanoat yuqori maktabi

Transporti

Temir yoʻl Poyezdlar Nayoro magistral liniyasi va Shimmei liniyasi orqali Nayoro stantsiyasidan qatnaydi.

Nayoro shahrida quyidagi temir yoʻl stansiyalari mavjud: Soya Asosiy liniyasi: Furen – Nayorokoukou – Nayoro – Nishshin – Chiebun – Chihoku

Yoʻl Nayoro shahri Vakkanai va Xokkaydoning janubiy qismlarini bogʻlovchi 40-sonli milliy marshrut hamda Xokkaydo poytaxti Sapporoga olib boruvchi Xokkaydo Avtomagistraliga ulangan. Shaharning gʻarbiy tomonida joylahgan Nayoro aylanma yoʻlining (40-marshrut) ikkita oʻtish yoʻlidan Nayorga kirish mumkin.

Iqlimi Nayoro nam va qorli issiq yoz nam kontinental iqlimga ega (Köppen Dfb). Yozlari iliq, baʼzida esa juda issiq. Qishllari Yaponiya iqlimiy meyorlariga nisbatan juda sovuq va uzoq davom etadi. Yaqinidagi dengiz taʼsiri sabab, qalin qor yoʻgishi ko'p kuzatiladi.

Maskoti

Nayoroning ramziy belgisi —. Nayoro-kun – yulduzlarni tomosha qilishni va oʻyinchoqlarni yigʻishni yaxshi koʻradigan mochi (yapon shirinligi) koʻrinishidagi oʻzga sayyoralik. U yulduzlarni oʻrganish uchun doimo oʻzi bilan teleskop olib yuradi. U Ebetsu shahridan Sakiko Yatani tomonidan ishlab chiqilgan va Sapporolik Ayumi Xagivara nomini bergan.

Egizak shaharlar Xalqaro Lindsay, Ontario, Kanada Dolinsk, Rossiya Mahalliy Fujishima, Yamagata Suginamiku, Tokyo Manbalar