Piter Uilyam „Pit“ Postletveyt ( ; 1946-yil 7-fevral, Uorrington – 2011-yil 2-yanvar, Shryusberi) – ingliz kino aktyori.

Uning ishtirokidagi eng mashhur filmlar:„Podozritelnie litsa“, „Vo imya otsa“, „Yura parki 2: Yoʻqolgan dunyo“, „Soʻnggi Mogikan“, „Ajdaho yuragi“, „Muqaddima“, „Gorod Vorov“.

1994-yilda „Vo imya otsa“ filmidagi eng yaxshi ikkinchi plandagi aktyor nominatsiyasida Oskarga nomzodi koʻrsatilgan.

Biografiyasi Peter Postlethwaite 1946-yil 7-fevralda Cheshir shtatining Uorrington shahrida tugʻilgan. Gollivudga kelganidan soʻng birinchi katta filmdagi roli „Dalekiye golosa, zastivshiye jizni“ filmidagi Ota rolidir. Aktyor tamaki chekishni juda hush koʻrardi va shu sababli 1990-yilda aktyorga oʻpka saratoni tashxisi qoʻyildi. Kasallik bilan uzoq yillar kurashgan, hozirda sogʻaygan.

1992-yilda „Chujoy 3“ filmida Devid rolini ijro etgan.

1994-yilda „Vo imya Otsa“ filmidagi roli uchun „Eng yaxshi ikkinchi plandagi aktyor“ nominatsiyasida Oskar mukofotiga nomzod boʻlgan.

Shundan soʻng, aktyor „Podozritelnie litsa“, „Ajdaho yuragi“, „Romeo va Julietta“, „Yura davri parki 2: Yoʻqolgan dunyo“, „Solomon Keyn“, „Muqaddima“, „Gorod vorov“ kabi filmlarda muhim rollarni ijro etgan.

Koʻpgina tomoshabinlar, shu jumladan ruslar ham uni Bernard Kornuellning („Rota Sharpa“ (1993) va „Vrag Sharpa“ (1994)) romanlariga asoslangan „Priklyuchenie korolevskogo strelka Sharpa“ nomli tarixiy serialdagi salbiy, ammo oʻziga xos roli bilan eslashadi.

2004-yilda Postlethwaite Britaniya imperiyasining ordeni bilan taqdirlangan.

Peter Postlethwaite 2011-yil 2-yanvarda Shropshire kasalxonasida oshqozon osti bezi saratonidan vafot etdi. „Ubit Bono“ filmidagi roli, uning oxirgi ijro etgan roli boʻldi.

Vafotidan soʻng aktyor Ben Afflekning „ Gorod Vorov“ filmidagi roli uchun Britaniya kino va televideniye sanʼati akademiyasining „Eng yaxshi ikkinchi plandagi aktyor“ mukofotiga nomzod sifatida koʻrsatildi.

Manbalar

Havolalar

Turkum:Britaniyalik erkak film aktyorlari Turkum:XXI asr hind aktyorlari Turkum:Britaniyalik aktyorlar Turkum:Alifbo boʻyicha aktyorlar Turkum:2011-yilda vafot etganlar Turkum:2-yanvarda vafot etganlar Turkum:1946-yilda tugʻilganlar Turkum:7-fevralda tugʻilganlar