Need-blind qabuli – Amerika Qoʻshma Shtatlaridagi universitetlarining nomzodlarni qabul qilish jarayonida ularning moliyaviy holati hisobga olmaslik siyosati tushuniladi. Yaʼni bu tizimda moliyaviy jihatdan yaxshi boʻlmagan nomzod bilan universitetning xarajatlarini bemalol qoplay oladigan nomzodning kirishi ularning faqatgina qobiliyatlariga bogʻliq boʻladi. Bunday yondashuv odatda moliyaviy yordamga muhtoj boʻlgan talabalarning qabul qilinish foizini oshishiga olib keladi va koʻpincha, universitetlarning bunday siyosatni qoʻllab-quvvatlash uchun katta mablagʻ yoki boshqa moliyalashtirish manbalariga ega boʻlishini talab qilinadi. Universitetlar har qanday paytda qonun boʻyicha (de jure) yoki baʼzi vaziyatlar sababli (de facto) need-blind qabul siyosatiga oʻtishlari mumkin.
Koʻpgina kollej va universitetlar barcha qabul qilingan talabalarning toʻliq koʻrsatilgan moliyaviy ehtiyojlarini qoplash uchun yetarlicha moliyaviy yordam bera olmaydi. Baʼzi universitetlarda need-blind qabul tizimi mavjud emas, baʼzilarida esa bu tizim mavjud, ammo yetarli moliyaviy yordam bera olmaydi. Bundan tashqari, mahalliy (Amerikaliklar) birinchi kurs talabalarning moliyaviy ehtiyojini hisobga olmaydigan baʼzi universitetlar xalqaro yoki koʻchirilgan talabalar uchun bunday siyosatni qoʻllamasligi mumkin, yoki teskarisi. Yaʼni amerikaliklar uchun need-blind qabul siyosatini amalga oshirib, bu siyosatni mahalliy boʻlmagan nomzodlarga qoʻllamaydigan universitetlar ham bor. Need-blind qabul siyosati mavjud boʻlgan va barcha abituriyentlarning toʻliq moliyaviy ehtiyojini qondiradigan universitetlar qabuli koʻp sonli arizalar kelib tushishi sababli juda raqobatli boʻladi.
Har bir universitetning toʻliq koʻrsatilgan moliyaviy ehtiyojni qondirishning oʻziga xos siyosati mavjud va barcha uchun universal standart yoʻq. Baʼzi universitet bu ehtiyojni faqat grantlar va/yoki imtiyozlar yoki isteʼdodlilar uchun stipendiyalari orqali qondiradi, boshqalari esa kreditlar va oʻqish bilan birga ishlash dasturlarini ham oʻz ichiga olishi mumkin.
Need-blind tizimiga ega va AQSh hamda xalqaro talabalar uchun toʻliq koʻrsatilgan moliyaviy ehtiyojni qondiradigan AQSh universitetlari/kollejlari Hozirda AQShda barcha abituriyentlarga need-blind siyosatini taqdim etadigan 7 ta oliy taʼlim muassasasi mavjud. Ushbu muassasalar barcha talabalar, shu jumladan xalqaro talabalarning toʻliq koʻrsatilgan moliyaviy ehtiyojni qondiradi. Bular:
Amherst College Bowdoin College Dartmouth College Harvard University Massachusetts Institute of Technology Princeton University Yale University.
Faqat mahalliy nomzodlar(amerikaliklar)ga need-blind tizimini taklif etadigan va maʼlum miqdordagi yoki barcha talabalarning toʻliq koʻrsatilgan moliyaviy ehtiyojini qondiradigan AQSh universitetlari/kollejlari AQShning bir qator oliy oʻquv yurtlari need-blind qabul qilish tizimini taklif qiladi va barcha talabalar uchun toʻliq koʻrsatilgan ehtiyojni qondiradi, lekin xalqaro talabalarni qabul qilishga kelganda need-aware tizimi qoʻllanadi. Biroq barcha qabul qilingan talabalarning koʻrsatilgan ehtiyojlar qoplanadi, garchi baʼzi kollejlarda, birinchi navbatda, davlat kollejlarida bunday yordam faqat moliyaviy yordamga muhtoj boʻlgan talabalar uchun taqdim etilisa ham. Misol uchun, College of William & Mary and University of Michigan davlat tadqiqot universitetlari boʻlib, ular shtatdagi talabalarning (mos ravishda Virjiniya va Michigan aholisiga) toʻliq ehtiyojni qondiradi, ammo shtatdan tashqarida boʻlganlarning yoki xalqaro talabalarning toʻliq ehtiyojlarini qondirmaydi. Quyidagi universitet/kollejlar ushbu toifaga kiradi:
Antioch College (faqat Pell Grantiga munosib boʻlgan talabalar toʻliq ehtiyoji qoplanadi) Babson College (Kanadiyalik talabalar uchun ham need-blind) Barnard College (universitetini oʻzgartiradigan(transfer) talabalar uchun need-aware) Berea College (barcha talabalar uchun oʻqish bepul; ehtiyojiga qarab berilgan moliyaviy yordam, oilaviy qoplay oladigan pul miqdori va oʻqish jarayonida ishlash boshqa xarajatlarni qoplaydi) Boston College Bowdoin College (universitetini oʻzgartiradigan(transfer) talabalar uchun need-aware) Brown University (universitetini oʻzgartiradigan(transfer) talabalar uchun need-aware) California Institute of Technology Carnegie Mellon University Claremont McKenna College College of William & Mary (faqat shtat talabalarning toʻliq moliyaviy ehtiyoji qondiriladi; shtatdan tashqaridagi talabalar xarajatlarining atiga 25% gacha qoplanadi) Columbia University Cornell University Davidson College Denison University Duke University Elon University (Faqat Odyssey granti gʻoliblari) Emory University (xalqaro talabalar uchun toʻliq ehtiyojlar qondirilmasligi mumkin) Georgetown University (barcha talabalar uchun need-blind, lekin xalqaro talabalarning toʻliq ehtiyojlari qondirilishi kafolatlanmaydi) Georgia Institute of Technology (odatda, faqat kam daromadli shtatdagi talabalar toʻliq ehtiyojlari qondiriladi; Janubiy Karolina, Florida, Shimoliy Karolina yoki Tennessi shtatlarining maʼlum okruglaridan moliyaviy ehtiyojni koʻrsatgan va shuning uchun Godbold Family Foundation stipendiyasi munosib topilgan birinchi kurs talabalari moliyaviy ehtiyojlarining 100% qoplanadi) Grinnell College Hamilton College (universitetini oʻzgartiradigan(transfer) talabalar uchun need-aware) Harvey Mudd College Johns Hopkins University Lehigh University (kutish roʻyxatidagi talabalar uchun need-aware) List College Middlebury College (universitetini oʻzgartiradigan(transfer) talabalar uchun need-aware) Northwestern University (AQSh fuqarosi boʻlmagan yoki fuqarolik huquqiga ega boʻlmagan xalqaro nomzodlarga moliyaviy yordam taklif qilmaydi) Olin College Pomona College Purdue University (21st Century granti gʻoliblari, faqat daromadi standartdan past boʻlganlar) Rice University Soka University of America Stanford University Swarthmore College Tulane University (faqat daromadi standartdan past boʻlgan shtatdagi birinchi kurs talabalarining toʻliq ehtiyoji qondiriladi) University of California, Los Angeles (faqat shtat talabalari toʻliq ehtiyojlari qondiriladi; shtatdan tashqaridagi talabalar moliyaviy yordam olmaydilar) University of Chicago University of Delaware (faqat shtat talabalari toʻliq ehtiyojlari qondiriladi) University of Florida (faqat shtat talabalari toʻliq ehtiyojlari qondiriladi) University of Georgia (HOPE va boshqa stipendiyalar orqali) University of Notre Dame University of Pennsylvania (meksikalik va kanadalik talabalar uchun ham need-blind) University of Richmond (universitetini oʻzgartiradigan(transfer) talabalar uchun need-aware) University of VirginiaAffording UVA University of Wisconsin–Madison (faqat Pell Grantiga munosib boʻlgan shtat talabalarining toʻliq ehtiyojlari qondiriladi) Vanderbilt University (kutish roʻyxatidagi talabalar uchun need-aware) Vassar College (universitetini oʻzgartiradigan(transfer) talabalar uchun need-aware) Washington University in St. Louis (universitetini oʻzgartiradigan(transfer) talabalar uchun need-aware) Wellesley College Williams College
AQSh abituriyentlari uchun need-blind boʻlmagan va maʼlum yoki barcha talabalarning toʻliq koʻrsatilgan ehtiyojini qoplaydigan AQSh universitetlari Bir vaqtlar need-blind siyosatini qoʻllab-quvvatlagan koʻplab nufuzli institutlar oʻz siyosatlarini oʻsib borayotgan xarajatlar tufayli oʻzgartirdilar. Bunday universitetlar akademik qobiliyatga qarab beriladigan yordamni taklif qilmaydigan, lekin nomzod qabul qilinganda moliyaviy ehtiyojning 100 foizini (asosan grantlar orqali) qoplashga vaʼda beradigan nufuzli kollejlarni oʻz ichiga oladi. Ushbu taʼkidlangan muassasalar oʻzlarini „need-aware“ yoki „need-sensitive“ deb atashadi. Yaʼni bu siyosatda universitetlarning kontraktini koʻp toʻlay oladigan nomzodlarning qabul qilinish imkoniyatlari oshadi. Shuningdek, bu universitetlar moliyaviy yordamga muhtoj boʻlgan barcha qabul qilingan talabalarning toʻliq ehtiyojlarini qoplab beradi.
Masalan, Macalester College, Mount Holyoke College and Smith Collegeda qabul qilingan talabalarning kamida 95 foizida moliyaviy ehtiyojlar yoʻq, lekin juda kam foiz, odatda, talabalar kutish roʻyxatiga kiritilganlar kollejning rejalashtirilgan moliyaviy resurslarini hisobga olgan holda koʻrib chiqiladi. Har uchala kollej ham barcha qabul qilingan talabalarga 100% ehtiyojni qoplaydigan moliyaviy yordam taqdim etadiThe Miscellany News | Since 1866: Financial Aid at Vassar | Crunching the numbers .
Baʼzi universitetlar faqat AQShda yashovchi va/yoki FAFSA va CSS profili orqali tasdiqlangan, AQSh federal moliyaviy yordamini olish huquqiga ega boʻlgan talabalarning toʻliq ehtiyojini qoplaydi. Baʼzilari muayyan demografik koʻrsatkichlar boʻyicha „iqtisodiy yomon ahvol“da deb hisoblangan talabalarning toʻliq ehtiyojini qoplaydi va boshqa talabalarning toʻliq xarajatlarini qoplashni kafolatlamaydi. Eʼtibor bering, baʼzi kollejlar oʻzlarining moliyaviy yordam berish siyosatini keltirmaydilar, bu esa ular „need-aware“ toifaga kirishini anglatadi. Quyidagi universitetlar ushbu toifaga kiradi:
Alma College (faqat Detroit maktabi oʻquvchilari uchun) American University (universitetini koʻchirayotgan(transfer) talabalarning toʻliq xarajatini qoplamasligi mumkin) Aquinas College (Michigan) (3.4 GPA va 1100 SAT yoki muqobil ACT yoki balandroq natija soʻraladi) Augustana College (Illinois) Bard College (faqat iqtisodiy sharoiti yomon boʻlgan shtatdagi birinchi kurs talabalari uchun) Bates College Boston University (xalqaro talabalarni toʻliq xarajatlarini qoplamasligi mukin) Bryn Mawr College California State University, Long Beach Carleton College Case Western Reserve University Colby College Colgate University College of the Holy Cross Colorado College Connecticut College DePauw University (shtatdagi moliyaviy yordam qidirayotgan oʻquvchilar uchun) Dickinson College Franklin and Marshall College George Washington University (faqat Kolumbia hududidagi past daromadli va D. C. Tuition Assistance Grant stipendiyasi gʻoliblari boʻlgan 1-kurs talabalari uchun) Gettysburg College (faqat Gettysburg kolleji STEM Scholars dasturining bir qismi sifatida akademik jihatdan aʼlo darajadagi, kam uchraydigan, birinchi avlod, birinchi kurs talabalari tanlanadi) Haverford College Hendrix College (3.6 GPA va 26 ACT yoki balandroq yoki 1230 SAT yoki balandroq talab qilinadi) Hobart and William Smith Colleges (faqat early decision nomzodlari) Kenyon College Lafayette College Lawrence University (Hozirgi vaqtda 2023 yil kuzida Viskonsin va Illinoys shtatlari talabalarining koʻrsatilgan ehtiyojlarini qoplaydi; Tez orada barcha talabalar uchun toʻliq ehtiyojlarni qoplash siyosatini oʻtishga maqsad qilishi mumkin.) Macalester College Mount Holyoke College National University of Natural Medicine]] Northeastern University (xalqaro talabalarni toʻliq xarajatlarini qoplamasligi mukin) Oberlin College Occidental College Ohio State University (faqat Pell Grant stipendiyantlarining barcha ehtiyojlari qoplanadi) Ohio Wesleyan University (faqat Charles Thomas Stipendiyantlari) Pitzer College Reed College Saint Joseph’s University (faqat STEM² Scholarship Programning bir qismi sifatida kam uchraydigan nomzodlarni oladi) Sewanee: The University of the South Scripps College Skidmore College Smith College St. Olaf College Thomas Aquinas College Stonehill College (faqat Cathedral High School (Boston) bitiruvchilari) Trinity College (Connecticut) Trinity University (Texas) (faqat San Antonio Independent School hududi oʻquvchilari uchun) Tufts University Union College University of Miami University of Pittsburgh (Pittsburgh Public Scholars dasturi bir qismi sifatida faqat Pittsburgh public high schoolnig eng zoʻr va undan keyingi ikkinchi eng zoʻr bitiruvchilari uchun) University of Puget Sound (faqat Tacoma public high school oʻquvchilari uchun) University of Rochester