David Ashotovich Manukyan (1993-yil 16-mart, Novosibirsk) – Dava nomi bilan tanilgan, rossiyalik hip-hop va rep ijrochisi, videobloger va teleboshlovchi .
Biografiyasi David Ashotovich Manukyan 1993-yil 16-martda Novosibirskda tugʻilgan. Erta yoshida bal raqslarini oʻrgangan, keyin professional sportga oʻtgan. 2011-yilda Rossiya chempionati gʻolibi va raqs boʻyicha jahon chempionatining kumush medali sovrindori boʻldi. Maktabni tugatgach, u Sibir menejment institutiga oʻqishga kirdi. 2017-yilda Instagramda blog yuritishni boshladi. 2020-yil holatiga koʻra, obunachilar soni 13 milliondan ortiq.
Manbalar
Turkum:Rossiyalik qoʻshiqchilar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1993-yilda tugʻilganlar Turkum:16-martda tugʻilganlar Turkum:Alifbo boʻyicha qoʻshiqchilar