(soʻzma-soʻz tarjimasi: „besh qirrali fort“) Hokkaido orolining Hakodate shahrida joylashgan yulduz shaklli fortdir. 1866-yilda qurib bitkazilgan. Qisqa vaqt yashagan Ezo Respublikasining markaziy qarorgohi vazifasini bajaragan.

Tarixi Goryokaku 1855 yilda Takeda Ayasaburo tomonidan loyihalashtirilgan. Uning loyihasi fransuz arxitektori Sebastien Le Prestre de Vaubanning ishilariga asoslangan ediTurkum:CS1 errors: periodical ignored. Fort 1866 yilda, Tokugava syogunligi qulashidan ikki yil oldin qurib bitkazilgan. U besh qirrali yulduz shaklida qurilgan. Bu anʼanaviy yapon qal’alariga qaraganda devorlarga koʻproq toʻp-zambaraklar oʻrnatishga imkoniyat yaratdi va toʻpdan oʻq uzish mumkin boʻlmagan koʻrinmas hududlar sonini kamaytirdi.

Fort Tokugava syogunligi tomonidan Sugaru boʻgʻozini rus flotining ehtimoliy bosqinidan himoya qilish maqsadida qurilgan. 1869-yilda bir yilgina yashagan Ezo Respublikasi poytaxti maqomida edi. U Yaponiya Imperiyasi va Ezo Respublikasi oʻrtasida boʻlib oʻtgan Boshin urushining soʻngi jang maydoniga aylandi. Hakodate Jangi nomi bilan tarixda qolgan jang bir hafta davom etdi (1869-yil 20-27-iyun). Shunday qilib, Yaponiyaning soʻngi fuqarolar urushi Goryokaku fortida yakuniga yetdi va Yaponiya tarixining yangi davri boshlandi.

Hususiyatlari thumb|Fort xaritasi, XIX asr +Maxsus tarixiy joy sifatida belgilangan hudud kengligi251.000 m²Fort devorlari atrofida qazilgan xandaq uzunligi1.8 kmAsosiy devor balandligi5-7 metrAsosiy devor qalinligi27-30 metr

Xronologiya +1854:Mart: Tokugava syogunligi Amerika Qoʻshma Shtatlari bilan doʻstlik shartnomasi tuzdi. Aprel: Amerika floti portni koʻzdan kechirish uchun Hakodatega keldi.

Iyun: Tokugava syogunligi Hakodate Magistratini tashkil qildi.1857:Iyun: Goryokaku qurilishi boshlandi.1864:Iyun: Goryokaku qurilishi deyarli tugallanadi, Hakodate Magistrati binosi Goryokaku ichiga koʻchib oʻtadi.1867:Oktyabr: Tokugava syogunligi Meiji hukumatiga qarshi qoʻzgʻolon boshlaydi.1868:Oktyabr: Tokugava syogunligi harbiylari Goryokakuga joylashdi.1869:Aprel: Meiji hukumati Goryokakudagi Tokugava harbiylariga hujum qila boshlaydi. May: Meiji hukumati keng koʻlamli soʻngi hujumni amalga oshirdi. Urush tugadi.1914:Iyun: Goryokaku aholi uchun parkga aylantirildi.1952:Mart: Goryokaku maxsus tarihiy hudud deb eʼlon qilindi.

Park Bugungi kunda Goryokaku forti maxsus madaniy meʼros obyekti hamda maxsus parki sifatida faoliyat yuritmoqda. Hakodate shahri muzeyining bir qismi va bahorda sakura gullarini tomosha qilish uchun jamoatning sevimli joylaridan biridir.

Manbalar

Oʻqish uchun

Tashqi havolalar

Yaponiya Atlasi: Goryokaku forti Hakodate diqqatga sazovor joylari: Goryokaku hududi Goryokaku minorasi Turkum:Yaponiyadagi port aholi punktlari Turkum:Qalʼalar