Klava Koka (haqiqiy ismi: Klavdiya Vadimovna Visokova; 1995-yil 23-iyulda tavallud topgan) – rossiyalik qoʻshiqchi, videobloger, qoʻshiqlar muallifi, teleboshlovchi. 2015-yilda „Molodaya krov“ shousida gʻalaba qozonganidan soʻng, Black Star leybl bilan shartnoma imzolagan.
2019-yilda „Sevimli rus musiqa bloggeri“ nominatsiyasida Kids' Choice Awards mukofotiga nomzod boʻldi.
2021-yilda „Crash“ qoʻshigʻi uchun Klava Koka uchta nominatsiyada: „Yil qoʻshigʻi“ mukofoti, „Muz-TV mukofoti“ va „Yilning eng zamonaviy qoʻshiqchisi“ mukofotlarini qoʻlga kiritgan. Nyu-Yorkdagi Times Square maydonida, Spotify’ning butun dunyo boʻylab ayol rassomlarni qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan „Teng huquqli“ kampaniyasi doirasida Klava Koka surati osilgan.
Biografiyasi 1995-yil 23-iyulda Yekaterinburgda tugʻilgan.Uning katta akasi Lev va singlisi Lada bor.
Klava 13 yoshga toʻlganda, uning oilasi Moskvaga koʻchib oʻtishgan.
Maktabni tugatgandan soʻng, qoʻshiqchi VGIK ishlab chiqarish boʻlimiga kirmoqchi edi, ammo uning xotiralariga koʻra, unga byudjetga kirish uchun bitta ochko etishmadi. Xonanda uchun byudjetga kirish juda muhim edi, shuning uchun u Prezident akademiyasining davlat xizmati va boshqaruv boʻlimiga oʻqishga kirdi.
Karyerasi 2012-yilda „Ya Artist“ xalqaro festival-tanlovida ishtirok etgan va finalgacha yetib borgan.
2015-yili pop uslubidagi 6 ta kompozitsiyani oʻz ichiga olgan „Kusto“ nomli debyut albomini chiqardi. Shundan soʻng „Molodaya krov“ kastingidan oʻtib, Black Star Inc. leybli bilan shartnoma imzoladi.
2016-yilda birinchi marta Olga Buzova bilan „Yesli …“ deb nomlangan qoʻshma trek – kompozitsiyasini yozdi.
2017-yilda Klava Koka YouTubeʼda videoblog yurita boshladi. Klava Koka xorijiy xitlarni, rus tilida yorita boshlagan „Klava Translate“ boʻlimi, shuningdek, rus tilidagi kapella treklarini qayta kuylaydigan „CocaPella“ boʻlimi katta shuhrat qozondi.
2020-yil fevral oyidan boshlab Coca oʻz kanalini TikTok’da ham yurita boshladi.
2021-yilda u Forbes jurnalining „30 yoshgacha boʻlgan 30 ta eng istiqbolli ruslar“ roʻyxatiga kiritilgan.
2022-yil aprel oyida " Malchik-delfin " multfilmiga saundtrek sifatida „Mama“ deb nomlangan qoʻshigʻi chiqdi.
Sanksiyalar 2023-yil 7-yanvarda Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishi fonida Ukrainaning sanksiyalar roʻyxatiga kiritilgan „agressiv urushga oshkora daʼvat qilgan, Rossiya Federatsiyasining Ukrainaga qurolli tajovuzini, Ukraina hududini vaqtincha bosib olishni oqlagan va qonuniy deb tan olgan“ shaxslar sudlandi. Sanksiyalar aktivlarni blokirovka qilish, tijorat operatsiyalarini toʻliq toʻxtatish, iqtisodiy va moliyaviy majburiyatlarni bajarishni toʻxtatishni oʻz ichiga olardi.
Diskografiyasi
Studiya albomlari
"Kusto"
„Moy geroy“ 3:14 „Ti moy kislorod“ 3:54 „Fotoalbomi“ 3:44 „Sviter s olenyami“ 3:09 „Prosto tansuy“ 3:04 „Bit soboy“ 3:38 „Pyatiy Bitl“ 3:39 8. „Kusto“ 3:26
"Neprilichno o lichnom"
„More volnuyetsya“ 2:25 „Sujenaya“ 2:40 „Nogi delayut nogi“ 2:59 „Vlyublena v MDK“ 3:07 „Mne pox“ (sovm. s MORGENSHTERN) 2:38 „Polovina“ 3:02 „Trat na menya“ 2:51 „Allo“ 3:02 „Blijniy-dalniy“ 3:16 „Zaya“ 2:41 „Posledniy protsent“ 2:15 "Depressaund"
1.„Ubegay“ 2:29
2.„Ty grustish“ 2:58
3.„Pyaniy vokzal“(sovm. s Mari Kraimbrery) 2:36
4.„Sterva“ 2:26
5.„Bez tebya“(sovm. s Kirill Skripnik) 2:49
6.„Beskonechnost'“ 2:44
7.„Po znakomym ulitsam“(sovm.s Lesha Svik) 2:45
8.„Prosto tak“(sovm. s ANDRO) 2:53
9.„Depressaund“ 3:16
Video kliplari
«May» «Yesli…» «Ne otpuskay» «Ya ustala» «Netu vremeni» «Prosti» «Murashki» «Vospominaniye» «Zaberi menya» «Tik-Tak» (Lyric Video) «Ne oblamivay» (Mood Video) «Krutish» «Nenaviju-obojayu» «Grexi» «Vlyublena v MDK» «Zaya» «Polovina» «Mne pox» «Pokinula chat» «Krash» «Ximiya» «Soshla s uma» «Kostyor» «Pyanuyu domoy» «Katyusha» (OST «Dorogi Pamyati») «Nokaut» «Tochka» «La La La» «Xochesh» «Dumal» (sovmestno s Soda Luv) «Bumerang» «Shkura» (sovmestno s Mari Kraymbreri) «Plachesh» «Ne so mnoy» «Zamuj» «Pyatnitsa»
Reklama sohasidagi faoliyati
Magnit Stoloto (2023) M.Video (2023) Gloria Jeans
Yirik xalqaro brendlar: Pepsi, Garnier (2021), KitKat, Montale, SOKOLOVlarning reklama yuzi hisoblanadi.
Manbalar
Havolalar
Turkum:Black Star Mafia a`zolari Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1996-yilda tugʻilganlar Turkum:23-iyulda tugʻilganlar Turkum:Rossiyalik qoʻshiqchilar Turkum:Alifbo boʻyicha qoʻshiqchilar