Oʻzbekiston-Finlandiya pedagogika instituti (OʻzFIPI) – Samarqand davlat universitetining Oʻzbekiston-Finlandiya pedagogika instituti Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining „Pedagogik taʼlim sifatini oshirish va pedagogik kadrlar tayyorlovchi oliy taʼlim muassasalari faoliyatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida“gi 2022-yil 21-iyundagi PQ-289-sonli qarori asosida tashkil etilgan.
Institut vazifasi Institut davlat oliy taʼlim muassasasi hisoblanib, pedagogika sohasi boʻyicha tarbiya va oʻqitish usullari, taʼlim jarayonida zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qoʻllash koʻnikmalariga ega professional oliy maʼlumotli kadrlarni tayyorlash Institutning asosiy vazifalaridan biri etib belgilandi.
Institut maqsadi Institutning maqsadi oʻzbek xalqiga yuqori salohiyatli va ilgʻor taʼlim texnoligiyalariga asosan professional sifatli pedagog kadrlar tayyorlashdir. Institutda oʻquv jarayoni „Taʼlim toʻgʻrisida“ gi qonun, taʼlim yoʻnalishlariga muvofiq „Davlat taʼlim standarti“ va „Malaka talablari“ asosida yuritiladi va tartibga solinadi. Oʼquv jarayonining sifatli borishi hamda uchun ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borishda yuqori natijalarni koʻrsatish uchun maʼruza zallari, oʼquv xonalari soʻnngi yillarda ishlab chiqarilgan zamonaviy axborot texnologiyalari, yoqori sifatli proektorlar, video va audio tizimlari bilan taʼminlangan. Oʼquv jarayoni uchun institut oʻqituvchilari tomonidan barcha fanlar boʻyicha elektron oʼquv va uslubiy materiallar ishlab chiqilgan. Institut kredit modulli oʻquv tizimi asosida faoliyat olib boradi. Institutda oʻquv jarayoni oʻzbek, rus va ingliz tilida olib boriladi.
Institut axborot resurs markazi Institutning ARM (axborot-resurs markazi)ning bazasida 100000 dan ortiq nashrga ega boʻlgan materiallar mavjud. Institut ARMning asosiy qismini darslik va oʻquv qoʻllanmalar, uslubiy, ilmiy adabiyotlar tashkil etadi.
ARMda elektron kutubxona mavjud boʻlib bazasidan har bir talaba, hamda professor-oʻqituvchilar foydalana oladilar.
Fakultetlar Hozirgi kunda institutda 6 ta fakultet faoliyat koʻrsatadi. Ular:
Sanʼatshunoslik fakulteti Tabiiy fanlar fakulteti Jismoniy madaniyat, sport va Maktabgacha ta'lim fakulteti Amaliy matematika va fizika fakulteti Boshlang‘ich ta’lim va gumanitar fanlar fakulteti Filologiya fakulteti
Kafedralar
Musiqa taʼlimi kafedrasi Tasviriy sanʼat va muhandislik grafikasi kafedrasi Texnologik ta'lim Matematika va informatika kafedrasi Fizika-astronomiya Kimyo kafedrasi Biologiya va geografiya kafedrasi Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi kafedrasi Sport turlarini oʻqitish metodikasi kafedrasi Maktabgacha ta'lim kafedrasi Psixologiya kafedrasi Pedagogika kafedrasi Boshlangʻich taʼlim nazariyasi kafedrasi Boshlangʻich taʼlim metodikasi kafedrasi Xorijiy tillar kafedrasi Rus tili va adabiyoti kafedrasi Oʻzbek tili va adabiyoti kafedrasi Ijtimoiy-gumanitar fanlar kafedrasi
Bakalavr yoʻnalishlari
Kunduzgi # Shifr Taʼlim yoʻnalishi nomi160110900Biologiya260110500Boshlangʻich taʼlim360110700Fizika va astronomiya460111000Geografiya va iqtisodiy bilim asoslari560112200Jismoniy madaniyat660110800Kimyo760110200Maktabgacha taʼlim860111900Maktabgacha va boshlangʻich taʼlimda jismoniy tarbiya va sport960110600Matematika va informatika1060111300Musiqa taʼlimi115140600Oʻzbek tili va adabiyoti1260111400Gidrometeorologiya1361010342Sport faoliyati: futbol1461010320Sport faoliyati: kurash1561010321Sport faoliyati: qoʻl toʻpi1661010311Sport faoliyati: voleybol1760111100Tarix1860111200Tasviriy sanʼat va muhandislik grafikasi1960112300Texnologik taʼlim2060111802Xorijiy til va adabiyoti: ingliz tili
Sirtqi # Shifr Taʼlim yoʻnalishi nomi160110500Boshlangʻich taʼlim260112200Jismoniy madaniyat360110200Maktabgacha taʼlim460111900Maktabgacha va boshlangʻich taʼlimda jismoniy tarbiya va sport560111300Musiqa taʼlimi661010320Sport faoliyati: kurash760111100Tarix860111200Tasviriy sanʼat va muhandislik grafikasi960112300Texnologik taʼlim
Kechki # Shifr Taʼlim yoʻnalishi nomi160110900Biologiya260110700Fizika va astronomiya360111000Geografiya va iqtisodiy bilim asoslari460110800Kimyo560110600Matematika va informatika
Magistratura yoʻnalishlari
# Shifr Taʼlim yoʻnalishi nomi170110601Aniq va tabiiy fanlarni oʽqitish metodikasi (matematika)270110602Aniq va tabiiy fanlarni oʽqitish metodikasi (Taʼlimda axborot texnologiyalari)370110701Aniq va tabiiy fanlarni oʽqitish metodikasi (fizika va astronomiya)470110901Aniq va tabiiy fanlarni oʽqitish metodikasi (Biologiya)570110801Aniq va tabiiy fanlarni oʽqitish metodikasi (kimyo)670111001 Aniq va tabiiy fanlarni oʽqitish metodikasi (geografiya)770112201Jismoniy tarbiya va sport mashgʻulotlari nazariyasi va metodikasi870111101Ijtimoiy-gumanitar fanlarni oʻqitish metodikasi (tarix)970111401Oʻzbek tili va adabiyoti1070111202Muhandislik grafikasi va dizayn nazariyasi1170111301Musiqa taʽlimi va sanʽat1270110101 Pedagogika nazariyasi va tarixi (faoliyat turi boʻyicha)1370110501Taʽlim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (boshlangʻich taʼlim)1470110201Taʽlim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (Maktabgacha taʼlim)
Manbalar
Havolalar Insitutning rasmiy sayti
Turkum:Oʻzbekistondagi institutlar Turkum:Samarqanddagi institutlar